Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Doston Hamdamov: “Futbolchilar topshiradigan normativlar dunyo amaliyotida bor”

Doston Hamdamov: “Futbolchilar topshiradigan normativlar dunyo amaliyotida bor”

Baho:
+ | -

Toshkentning “Bunyodkor” klubi hamda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Doston Hamdamov O‘zPFL saytiga intervyu berdi hamda O‘FF hamda O‘zPFL amalga oshirayotgan islohotlar haqida o‘z fikrini bildirdi.

“O‘zbekiston Futbol Federasiyasi hamda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan ishlab chiqilgan bir qator islohotlar haqida aytishim mumkinki, bu o‘zbek futboli uchun faqat foyda. Ilgarilari ham normativ topshirar edik. Ammo, bu normativlar nazoratga olinmas edi, aytishim mumkin, hozirgi test normativ jarayoni O‘FF mutaxassislari tomonidan nazorat qilinsa, bunga futbolchi va murabbiylar biroz jiddiy e’tibor beradilar”, - deydi Hamdamov.

“Normativlar dunyo amaliyotida bor va bunga oddiy hol sifatida qarash mumkin. Ammo, uni nazorat qilib borish va futbolchilar o‘z jismoniy holatlari haqida ma’lumot olishlari ham muhim”.

“Umuman olganda, bu yilgi Superliga bahslari juda keskin va qiziqarli tarza kechishi aniq. Muxlislarning ham talab va istaklari hisobga olingan deb o‘ylayman. Ular ham kuchli va keskin tarzda o‘tkaziladigan uchrashuvlarni tomosha qilishni xohlaydilar. Bu shuningdek, futbolchilar uchun ham o‘ziga hos sinov va raqobatdir. Endilikda, barcha musobaqaga jiddiy qaraydi. Markaziy uchrashuvlar ko‘payadi, bu esa chempionat saviyasi o‘sishiga ijobiy ta’sir qiladi”, - deydi Doston Hamdamov.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:14, 04.01.2018.
O'qildi: 4584 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.