Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Messi va Ronaldu JCH-2022da – reallikmi yoki…

Messi va Ronaldu JCH-2022da – reallikmi yoki…

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi va Ispaniya milliy terma jamoasi sobiq himoyachisi Karles Puyolning fikricha, Rossiya-2018 mundiali zamonaviy futbolning ikki marvaridi uchun oxirgisi bo‘lib qolmaydi.

Gap kimlar haqida ketayotgani hammaga ma’lum: albatta, so‘nggi 10 yilda 5 martadan «Oltin to‘p» yutishgan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu nazarda tutilmoqda.

Xullas, vajohati va uzun sochlari bilan eng sara hujumchilarga ham dahshatli ko‘ringan «Tarzan» JCH final bosqichiga qur’a tashlash marosimi arafasida shunday degandi: «Shubha qilmayman, har ikkisi hali ko‘p yillar davomida eng yuqori saviyada o‘ynay oladi.

Menimcha, ular 35-36 yoshda ham o‘z salohiyatlarini yo‘qotishmaydi. Chunonchi, Ronaldu va Messi barchasiga chin professionalcha yondashib, mudom jismoniy tomondan eng yuqori talablarga muvofiq bo‘lish haqida alohida qayg‘urishadi.

Taxminimcha, agar o‘zlari xohlashsa, 2022 yilgi jahon chempionatida ham bemalol ishtirok etishlari mumkin». Avvalroq Joze Mourinyo, shuningdek, Karlos Valderrama argentinalik va portugaliyalik yulduzning kelajagi haqida shunga o‘xshash fikr bildirishgandi.

Xo‘sh, ularning Qatar-2022gacha oliy darajada o‘ynashlari haqiqatga nechog‘li yaqin?

Jahon chempionati tarixiga nazar

Messi va Ronalduning JCHga bog‘liq istiqbollarini chamalashdan oldin mundiallar tarixiga nazar solish kerak. Xo‘sh, jahon futbol forumida necha yoshgacha o‘ynash mumkin?

Qatarda tashkillashtiriladigan JCH o‘yinlari 2022 yilning noyabr-dekabr oylariga belgilangan. Turnirga start beriladigan sanada Lionel Messi 35 yosh 4 oy 27 kunlik bo‘ladi. Krishtianu Ronaldu esa biroz kattaroq - 37 yosh 9 oy 16 kunlik. Bunday yosh ko‘plab futbolchilar uchun futboldagi chegara hududi hisoblanadi.

Misol uchun, Filipp Lam va Xabi Alonso kabi professionallar butsalarini 36 yoshga to‘lmay turib, mixga ilishdi. Lekin ikkinchi tomondan olsak, jahon chempionatining bu boradagi rekordi ancha baland.

Deylik, naq 6 nafar futbolchi 40 yoshdan oshganida ham eng oliy turnirga borgan, maydonga tushgan. Demakki, Messi va Ronaldu bemalol JCH-2022ni «mo‘ljal»ga olishsa bo‘laveradi.

Odatda himoyachilar va ayniqsa, darvozabonlar boshqa pozisiyalar vakillariga nisbatan uzoqroq o‘ynashadi. Shuning uchun, ob’ektiv baho berish uchun oxirgi 30 yil ichida jahon chempionatida maydonga tushgan eng «qari» yarim himoyachilar va hujumchilarni alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

Bunday ro‘yxatning yuqori 10taligiga qarasak, birgina Roje Milla yaqqol ajralib turibdi - 42 yosh. Qolgan «qariya»lar 36-37 yoshda. Demak, agar Krishtianu Ronaldu Qatar mundialiga borsa, bu jadvalda 3-o‘rinni band etadi.

Lionel Messi esa top-10dan tashqarida qoladi. Aytgancha, faxriy yarim himoyachi va hujumchilar ro‘yxatining 10-qatori hozircha Karlos Valderramaga tegishli. Aynan kolumbiyalik afsonaviy hujumchi Messi va Ronalduni maqtab, ularning 40 yoshgacha yuqori saviyada o‘ynashlarini bashorat qilganini eslatish joiz.

Uzoq faoliyat siri bormi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:05, 05.01.2018.
O'qildi: 13064 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.