Himoya chizig‘ini kuchaytirishga ahd qilgan Yurgen Klopp sa’y-harakatlari evaziga gollandiyalik Virjil van Deyk futbol tarixidagi eng qimmatbaho himoyachi maqomini oldi.
Biznes olamining samarali tarmog‘iga aylangan futbol hozirgi davrda bu kabi rekordlarga ko‘nikib qolgani bois, mazkur kelishuv hech kimni ajablantirmasligi mumkin.
Sosser.ru ana shu odatiy transfer uchun sarflangan 75 mln. funtni o‘zga valyutalar hamda dunyoning moddiy boyliklari bilan qiyoslash orqali uning zalvorini to‘liq his etish imkonini yaratdi.
O‘zga pul birliklarida
O‘nlab valyutalarning qiymati tez-tez o‘zgarib turadigan hozirgi sharoitda yanglishish juda oson. Xo‘sh, 75 mln. funt nimani anglatadi? Aslida, bu shunchaki muayyan hisob-kitob tizimidagi shartli qimmat miqdori.
Ehtimol uni boshqa pul birlklariga ko‘chirsak, tasavvur qilish biroz yengillashar. Demak, mazkur miqdorning yaxlit qiymati quyidagicha: 75 mln. funt - 84,5 mln. yevro, 100 mln. dollar, 5,82 milliard rubl va 244,5 mlrd. mo‘g‘ul tugrikiga teng.
Ko‘chmas mulk ko‘rinishida
Moskvada 1 metr kvadrat turar-joyning bahosi - 5-5,5 ming yevro. Shu narxni «van Deyk»ka ko‘chirsak qanday natijaga ega bo‘lamiz? Virjil uchun sarflangan mablag‘ evaziga Rossiya poytaxtining markazidan 15400 metr kvadrat turar-joy sotib olish mumkin.
Bir xonali o‘yning hajmi taxminan 40 metr kvadrat bo‘lsa, himoyachi uchun sarflangan mablag‘ 385ta xonadon uchun yetarli bo‘ladi. Agar poytaxtning yuksak nufuzidan voz kechib, chekka shahar yoki viloyat markazlarini ma’qul ko‘rsak, butun bir tumanni xarid qilishga yetadi!
Eng qimmat koshonalar
Endi van Deykni futbolchi emas, uy sifatida faraz qilaylik. Bu borada Virjil sayyoramizdagi eng qimmat uylar o‘nligidan joy oladi! Ha, o‘nlikning oxirgi qatoridan, lekin baribir, hayratlanarli.
Masalan, «Monako» sohibi Dmitriy Ribolovlevning Palm-Bich (Florida)dagi koshonasi van Deykning bahosi bilan bir xil - Maison De L` Amitie («Do‘stlik uyi»)ni rossiyalik tadbirkor AQSHning hozirgi prezidenti Donald Trampdan 100 «limon» dollarga xarid qilgandi.
Koshonaning umumiy maydoni 3000 metr kvadratga teng, ummon sohilida joylashgan 18ta yotoqxona va 22ta hammomni o‘z ichiga olgan.
Stadionlar
Bu yo‘nalishda avvalo o‘ta qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan «Sankt-Peterburg» arenasi e’tiborni tortadi. Van Deyk uchun sarflangan mablag‘ shimoliy poytaxtda qad rostlagan stadion qiymatining 12 foiziga teng, ya’ni «Krestovskiy» himoyachidan sakkiz marta qimmatroq.
«Krasnodar»ning zamonaviy arenasi ham van Deyk bahosidan salkam to‘rt marta ko‘proq mablag‘ evaziga bunyod etilgan. Futbolchi uchun sarflangan sarmoya evaziga 10-12 ming muxlisga mo‘ljallangan stadionni barpo etish mumkin.
Harakatlanuvchi mulk ko‘rinishida
Endi navbatni qimmatbaho avtomobillarga beramiz. 2017 yilda Rossiyada eng xaridorgir mahalliy LADA Grantaning bahosi 400000 rubl atrofida.
Demak, Virjilni 145500ta shundoq «toychoq»qa almashtirish mumkin. Hozir 1000 nafar Rossiya fuqarosiga 293ta avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, «Liverpul» himoyachisiga ketgan xarajat 50000lik shaharni avtotransport bilan ta’minlay oladi.
«Rolls-Roys» va «Ferrari»ning eksklyuziv nusxalari bahosi 13 mln. atrofida. Bunday mashinadan 7tasini xarid qilsangiz, mablag‘ning qolgan qismi «qasrlar» xaridiga yetadi. Axir shunday qimmatbaho ulovga oddiy garajni ravo ko‘rmaysiz-ku!
San’at durdonalari
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.