Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

La liga. «Real» chempionlik kurashidan chetga chiqdimi?

La liga. «Real» chempionlik kurashidan chetga chiqdimi?

Baho:
+1 | -

Madridning "Real" klubi qishki tanaffusdan keyin Ispaniya chempionatini muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Zidan shogirdlari Vigo shahrida bo‘lib o‘tgan 18-tur bahsida g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

"Selta", kutilmaganda, "Madrid"ga qarshi juda kuchli o‘yin namoyish qildi. Jamoa hattoki g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Uchrashuv avvalida Yago Aspas 3-4 masofadan Navas qo‘riqlayotgan darvozaning ustunini nishonga oldi. Shunga qaramay, hisobni mezbonlar ochishga muvaffaq bo‘ldi: darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Daniel Vass "parashyut" uslubida darvozani ishg‘ol qildi.

"Real" nafaqat hisobni tezda tenglashtirdi, balki hisobda oldinga ham o‘tib oldi. Beyl ikki daqiqa ichida 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab Kroos, keyin Iskoning uzatmalaridan keyin darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda qolgan uelslik futbolchi imkoniyatlardan juda samarali foydalandi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida madridliklar tashabbusga erishishdi, ammo vaziyatlardan foydalana olishmadi. Shundan so‘ng to‘la ustunlik "Selta" tomoniga o‘tdi. Bahsning 71-daqiqasida mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi va Aspas posbon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Navas esa o‘zidan o‘tib ketayotgan hujumchini yiqitdi. Penalti. Keylorning o‘zi xatosini to‘g‘rilab, Yagoning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunga qaramay, "Selta" matonat ko‘rsatib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Vass o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi va Maksi Gomes bosh bilan hisobni tenglashtirdi.

O‘yin so‘ngida "Real" g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Ronalduning o‘tkir burchak ostida yaqin masofadan bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Lukas Vaskesning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi.

Natijada "Selta" o‘z ochkolarini 22taga yetkazgan holda 14-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, "Real" 32 ochko bilan 4-pog‘onada qolmoqda. Zidan shogirdlari endi "Barselona"dan naq 16 ochko ortda qolmoqda. "Madrid" hisobida 1ta qoldirilgan o‘yin borligini ta’kidlab o‘tish joiz.

Ispaniya La ligasi, 18-tur
Selta – Real Madrid 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 33 Vass, 1:1 – 36 Beyl, 1:2 – 38 Beyl, 2:2 – 82 Maksi Gomes.
Selta – Blanko, Ronkalya, Kastro, Malyo, Kabral, Vass (Xosabed, 90), Radoya (Lobotka, 73), Ernandes, Sisto (Mor, 73), Aspas, Maksi Gomes.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Nacho, Isko (Kovachich, 77), Kazemiro, Kroos, Modrich (Vaskes, 76), Beyl (Asensio, 84), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (44), Malyo (67), Navas (71), Aspas (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:46, 08.01.2018.
O'qildi: 15030 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик