Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Avaz Agaliyev: "Superligada har bir bahs finalga teng bo‘ladi"

Avaz Agaliyev: "Superligada har bir bahs finalga teng bo‘ladi"

Baho:
+ | -

2018 yildan boshlab O‘zbekiston chempionati yuqori divizioni Superliga deya nomlanadi va unda yurtimizning eng yetakchi 12ta klubi ishtirok etadi.

O‘FF tomonidan o‘zbek futbolini isloh etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida “Mash’al” klubi futbolchisi Avaz Agaliyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

 - O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar taqsinga sazovor. Zero ayni paytda qilinayotgan o‘zgarishlar yaqin vaqt ichida o‘z samarasini beradi. Shu jumladan, Superliganing tashkil etilayotgani ham kishini quvontirmay qo‘ymaydi, albatta. Endilikda yuqori divizionning har bir uchrashuvi shiddatli tarzda kechadi. Bu esa muxlislarimizning futbolimizga bo‘lgan qiziqishini orttirishi tabiiy. Ishonamanki, tez fursat ichida bizning futbol ham Osiyo miqiyosida yetakchi pog‘onalarga chiqadi, - deydi mahoratli futbolchi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:14, 08.01.2018.
O'qildi: 2442 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик