Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

OCH U-23.O‘zbekiston OTJ dastlabki uchrashuvda Qatarga mag‘lub bo‘ldi

OCH U-23.O‘zbekiston OTJ dastlabki uchrashuvda Qatarga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+1 | -3

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatidagi dastlabki uchrashuvini Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Vakillarimiz birinchi bo‘limni ancha faol o‘tkazishdi. Ammo 1-taymda gol kiritish hech qaysi jamoaga nasib qilmadi. Ikkinchi bo‘limni qatarliklar hujumkor ruhda boshlashdi. Bu esa tez orada o‘z samarasini berdi. 55-daqiqada Almuaz Ali himoyachilarimizning xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng Ravshan Haydarov shogirdlari hisobni tenglashtirish uchun astoyidil harakat qilishdi. Bir vaziyatda Jasur Yaxshiboyev tomonidan uzatilgan to‘pni Zabihillo O‘rinboyev yaqin masofadan darvozaga aniq yo‘llay olmadi.

Shu tariqa Osiyo chempionatidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda vakillarimiz kichik hisobda mag‘lubiyatga uchrashdi.

Eslatib o‘tamiz, guruhdan o‘rin olgan 1-uchrashuvda Xitoy terma jamoasi Ummonni yirik 3:0 hisobida taslim etgandi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhdagi keyingi o‘yinni 12 yanvar kuni o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.

Osiyo chempionati U-23

Qatar OTJ - O‘zbekiston OTJ 1:0

Gol: A.Almuaz (55)

Changjou, “Olympic Sports Centre” stadioni.

Qatar OTJ: 22.Muhammad al-Bakari, 2.Tariq Salmon, 5.Tamiym al-Muhaza, 6.Abdulla al-Ahrak (23.Xolid Muhammad, 72),  8.Ahmad Muyin (s), 10.Akram Afif, 13.Sulton al-Brake, 15.Bassam al-Raviy, 16.Hishom Ali (Meshal Al-SHamariy, 85), 19.Almuiz Ali, 20.Salom al-Hajriy.

O‘zbekiston OTJ:12.Dilshod Hamroyev, 13.Islomjon Qobilov, 2.Rustam Ashurmatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Akrom Komilov, (16.D.Narzullayev, 52) 6.Azizjon G‘aniyev (11. Andrey Sidorov, 84), 7.Odilbek Hamrobekov, 8.Jasur Yaxshiboyev, 17.Doston Hamdamov (22.Bobur Abdixoliqov, 76), 10.Javohir Siddiqov, 9.Zabihillo O‘rinboyev.

Ogohlantirishlar: D.Hamdamov (29), A.Ahrak (45), M. al-Bakari (73), Bassam al-Raviy (78).

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:24, 09.01.2018.
O'qildi: 11222 marta.
Fikrlar: 76 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик