Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston – Xitoy uchrashuvi prevyusi

U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston – Xitoy uchrashuvi prevyusi

Baho:
+1 | -

Bugun yoshlar o‘rtasidagi U-23 Osiyo chempionati final bosqichi 2-turiga start beriladi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “A” guruhi ikkinchi turida musobaqa mezboni – Xitoy yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ilk turdagi g‘alabadan keyin Xitoy ayni damda birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Ummon termasi bilan uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallab turibdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi va futbolchilari ilk turdagi mag‘lubiyatdan xulosa qilishganini va Xitoyga qarshi boshqa reja va maqsadlar bilan to‘p surishini aytishdi. Ushbu uchrashuvda ilk turda jarohat olgan Akrom Komilovning maydonga tushishi hamon so‘roq ostida. Boshqa futbolchilar uchrashuvga hozirlik ko‘rishmoqda.

Musobaqa mezbonlari – Xitoy yoshlar terma jamoasi ilk turda Ummon termasini mag‘lub etib, iliq taassurot qoldira oldi. Ayni damda, Xitoy yoshlariga milliy terma jamoada Marchello Lippiga yordamchi hisoblanadigan italiyalik yana bir mutaxassis Massimiliano Baddaloni murabbiylik qilmoqda. Ushbu murabbiy Xitoy yoshlari o‘yin uslubiga yetarlicha o‘zgartirish kirita olgan deyish mumkin.

Ushbu uchrashuv Sport telekanalida soat 13:00dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

U-23 Osiyo chempionati
A” guruhi, 2-tur

13:00  O‘zbekiston  – Xitoy

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:53, 12.01.2018.
O'qildi: 6658 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик