Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Roberto Karlos: «Zidan zamonaviy murabbiy»

Roberto Karlos: «Zidan zamonaviy murabbiy»

Baho:
+ | -

Yangi yil arafasida Braziliyaning San-Paulo shahrida xayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda «Real»ning sobiq o‘yinchisi Roberto Karlos ham ishtirok etdi. Uchrashuvdan oldin Karlos jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Vinisius Junior haqida

- Ajoyib futbolchi. Ayni paytda uni «Real» safida o‘ynashga tayyor deb aytolmayman. Ammo madridliklar uni kelajak uchun xarid qilganliklari yaxshi bo‘ldi.

Yevropaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng u nafaqat futbolchi sifatida, balki shaxs sifatida ham o‘sadi. «Real» sharafini himoya qilish uning uchun faxr bo‘lishi kerak. Unga omad tilayman. Ishonchim komilki, Madridda muxlislar kumiriga aylanadi.

Do‘stlari va dushmanlari haqida

- Dushmanlarim yo‘q. Ronaldo mening do‘stim emas, balki ukamdir. Zidan do‘stim. Raul, Fernando Yerro, Rivaldo, Ronaldinyo, Kaka, Denilson... Bir so‘z bilan aytganda, dushmanlarimdan ko‘ra do‘stlarim ko‘p.

Krishtianu Ronaldu haqida

- Hozir futbol haqida gapirsak, Neymar, Messi va Krishtia­nuni eslaymiz. Ronaldu ko‘p ishladi va hammasiga haqli. Agar gap «Oltin to‘p» yoki qandaydir so‘rovlar haqida ketsa, unda oddiy insonlar ishtirok etishmaydi. Balki futbolni tushunadigan, futbol statistikasi bilan shug‘ullanadiganlar ovoz berishadi.

Har kuni qanday mashq qilishini ko‘raman.Mashg‘ulotlarga bunchalik e’tibor berishi tahsinga loyiq. Ronaldu har bir uchrashuvda eng yaxshi bo‘lishni istaydi. Uning Messi bilan farqi shunda. Leo - fenomenal o‘yinchi. Neymar haqida gapirmasa ham bo‘laveradi.

Zidan bilan munosabatlari haqida

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:30, 12.01.2018.
O'qildi: 6563 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.