Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Bir yil ichida narxi «osmon»laganlar (TOP-10)

Bir yil ichida narxi «osmon»laganlar (TOP-10)

Baho:
+ | -

Bir yil ichida qaysi futbol yulduzi qanchaga qimmatladi? «Transfermarkt» ularning «TOP-10»ligini tuzdi. Bu haqda xabar.uz xabar tarqatdi.

10. Kevin De Breyne (26 yosh), «Manchester Siti»

+50 mln. yevro

Birdaniga ikki futbolchining narxi 50 mln. yevro qimmatladi.  Bular  – Neymar va De Breyne. Belgiyalik futbolchi bir yil ichida 83,3 foizga (Neymar — 50 foiz) qimmatladi va endi 110 mln. yevroga baholanyapti.

9. Timo Verner (21 yosh), «Leypsig»

+52 mln. yevro

Agar Bundesligani kuzatayotgan bo‘lsangiz, bu futbolchini yaxshi taniysiz. Bu iqtidor egasining salohiyati juda baland, narxi ham shunga yarasha o‘sdi.

8. Muhammad Saloh (25 yosh), «Liverpul»

+53 mln. yevro

2017 yili u qahramonga aylandi. Terma jamoasini JCH-2018ga olib chiqdi. «Liverpul»da ko‘rsatayotgan o‘yini ham hayratlanarli.

7. Gabriel Jezus (20 yosh), «Manchester Siti»

+54 mln. yevro

Bir yil avval endi-endi tanilgan futbolchi hozirda klubining ham, Braziliya terma jamoasining ham asosiy hujumchisi.

6. Filippe Koutinyo (25 yosh), «Barselona»

+55 mln. yevro

Yana bir braziliyalik futbolchida misli ko‘rilmagan o‘sish kuzatildi. «Barselona» uni deb aqldan ozdi va katta mashaqqat va summaga nihoyat qishki transfer oynasida xarid qildi.

5. Lionel Messi (30 yosh), «Barselona»

 +60 mln. yevro

O‘ttiz yoshida ham narxining bunday keskin qimmatlashishi? Bunga faqat bir futbolchi qodir. U — Messi!

4. Dele Alli (21 yosh), «Tottenxem»

+60 mln. yevro

O‘zi yarim himoyachi, ammo o‘tgan yili u «Tottenxem» uchun 41ta gol urdi (APLda 33ta).

3. Usmon Dembele (20 yosh), «Barselona»

+62 mln. yevro

Yozda Dembele «Barselona»ga o‘tgan edi. Jarohat sabab u uch oydan ortiq vaqt kataloniyaliklar safida o‘ynay olmadi. Lekin bu omadsizlik uning TOP-3 uchlikka kirishiga to‘sqinlik qilmadi.

2. Harri Keyn (24 yosh), «Tottenxem»

+80 mln. yevro

APLning o‘tgan yildagi eng yaxshi futbolchilaridan biri. Uning hamon «Tottenxem»daligi hayratlanarli.  

1. Kilian Mbappe (19 yosh), «PSJ»

+86 mln. yevro

O‘tgan yil boshida Mbappe shunchalik porladiki, 18 yoshli bolakay «Monako» safida YECHLning pley-off bahslarida 6 o‘yinda 6 gol urdi («Manchester Siti», «Borussiya» va «Yuventus»ga).

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 10:40, 13.01.2018.
O'qildi: 21916 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.