Fransiya prezidenti Emmanuel Makron JCH-2026 doirasida Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan bir daqiqalik sukut saqlanishini ma’lum qildi. Jahon chempionatining yarim final uchrashuvi seshanba, 14 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi.
"Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi o‘yin oldidan 2016 yil 14 iyuldagi Nissadagi terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan bir daqiqalik sukut e’lon qilinadi. Fransiya iltimosiga ijobiy javob bergani uchun FIFA prezidentiga tashakkur bildiraman. Biz buni hech qachon unutmaymiz", - deb yozdi Makron X ijtimoiy tarmog‘ida.
2016 yil 14 iyul oqshomida Nissaning Inglizlar qirg‘og‘ida Bastiliya kuni sharafiga o‘tkazilgan pirotexnika shousini tomosha qilish uchun yig‘ilgan olomon ustiga yuk mashinasi haydalgan edi – guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi imkon qadar ko‘proq odamni bosib ketish uchun mashinani zigzag shaklida boshqargan. Terakt oqibatida 86 kishi halok bo‘lgan, yana 458 kishi tan jarohati olgan edi. Yuk mashinasi haydovchisi, tunislik Muhammad Lauej Bulel polisiya tomonidan yo‘q qilingan.













