Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Andijon»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

«Andijon»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Bugun Andijon viloyati hokimi, klub prezidenti Shuhratbek Abdurahmonov viloyatning bosh jamoasi «Andijon» klubining vise-prezidenti Ma’rufjon Abdisalomovni qabul qildi va bo‘lajak mavsum oldidan jamoaning tayyorgarligi borasida suhbatlashdi. Unda klub prezidenti bosh murabbiy masalasini ham ko‘rib chiqish yuzasidan topshiriq berib, ushbu mas’uliyatli lavozimga tajribali murabbiy tayinlash lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng rahbariyat bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqib, yakunda taniqli mutaxassis Eldor Sakayevni bosh murabbiylikka olib kelishga qaror qildi. Ma’rufjon Abdisalomovning ushbu taklifini klub prezidenti ham qo‘llab-quvvatladi va rasman Eldor Sakayev «Andijon» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

O‘tgan mavsum Quvasoyning «Sementchi» jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan Eldor Usmanovich, jamoaning chempionlikka erishib, Super-ligaga yo‘l olishida o‘z hissasini qo‘shgandi.

Ushbu mutaxassis bilan o‘tkazilgan muzokara yakuniga ko‘ra, tomonlar o‘zaro bitim imzoladi.

Shu tariqa, «burgutlar» yangi mavsumga Sakayev boshchiligida tayyorgarlik olib boradigan bo‘ldi. Yangi bosh murabbiy, jamoa a’zolariga rasman tanishtirildi va Eldor Usmanovich yeng shimarib ishga kirishdi.

«Andijon» matbuot xizmati.

Kiritildi: 20:41, 14.01.2018.
O'qildi: 4398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик