Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

812: Vengerning ajabtovur rekordi va uning faoliyatiga nazar

812: Vengerning ajabtovur rekordi va uning faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

2017 yilning so‘nggi kuni Arsen Venger APLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiy sifatida tarixga kirgandi. Shu munosabat bilan Soccer.ru fransiyalik mutaxassisning Angliyadagi faoliyatiga nazar tashlashga qaror qildi.

812ta o‘yin

4 yanvar kuni o‘tkazilgan «Chelsi»ga qarshi bahs (2:2) Venger uchun Premyer-ligadagi 812-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa fransuz «MYU» afsonasi Aleks Fergyusonni ortda qoldirib, mutlaq rekord o‘rnatdi. Manches­terliklar sobiq ustozining hisobida Angliya oliy divizionida 810ta uchrashuv bor.

Janob Arsen 1996 yildan buyon «kanonirlar»ga murabbiylik qilib kelmoqda. Tabiiyki, shu davr mobaynida omadli va omadsiz ishtirok kuzatildi. To‘g‘ri-da, shunday uzoq yo‘lni xato va kamchiliklarsiz bosib o‘tish imkonsiz. Nima bo‘lganda ham, Venger «Arsenal» afsonasi va Angliya futbolining eng obro‘li murabbiylaridan biriga aylandi.

Erishilgan yutuqlarni idrok etish mushkul. Fergyuson va Vengerning ko‘rsatkichlarini yaqin kelajakda kimdir yangilashi mumkinligiga ishonish qiyin. Uchinchi o‘rinda borayotgan Xarri Rednapp hisobida 641ta, Devid Moyesda 508ta, Sem Ellardaysda 494ta va Mark Xyuzda 442ta o‘yin bor.

Bizning rekordchilar bosh­qalarni qanday farq bilan ortda qoldirishganini ko‘ryapsizmi?! Zamonaviy futbolda murabbiylarni uzoq ushlab turishni yoqtirishmaydi. Nimadir o‘xshamasa, darhol iste’foga chiqarishadi. Shunday ekan, Venger hozircha o‘tmishni eslatib turuvchi yagona murabbiyligicha qolmoqda.

Sovrinlar kolleksiyasi

Venger Londondagi faoliyatini boshlar ekan, kelajakda «Arsenal» bilan ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishi mumkinligini isbotlagandi. Ikkinchi mavsumdayoq «kanonir­lar»­ga tarixiy yutuqni olib keldi: Angliyada «dubl» qayd etgan birinchi xorijlik murabbiyga aylandi.

Ayniqsa, «Arsenal»ning chempionlikni effektli tarzda rasmiylashtirgani g‘oyat ahamiyatli. «Manchester Yunayted»­dan 13 ochko ortda qolayotgan «to‘pchilar» 18ta o‘yinda 15ta g‘alabali seriya va uchta durang qayd etishdi. Angliya kubogi finalidagi g‘alaba esa o‘ziga xos «desert» vazifasini o‘tadi: Mark Overmars hamda Nikolya Anelkaning gollari evaziga «Nyukasl» mahv etildi.

Venger ishga astoydil kirishdi. Keyinchalik yana ikki marta chempionlikni nishonladi, jami 7 marta Angliya kubogiga sazovor bo‘ldi, superkubokda ham shuncha yutuq bor. Darvoqe, aynan Angliya kubogidagi sovrinlar bo‘yicha Venger mamlakat rekordchisiga aylandi. Xuddi shunday mukofotni o‘tgan mavsum qo‘lga kiritgandi.

Tarixiy transfer

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:23, 15.01.2018.
O'qildi: 3918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.