«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasining yangi mavsumi oldidan hujum chizig‘ini yangilashni rejalashtirmoqda. Klub yangi forvardlar uchun katta miqdorda mablag‘ sarflashga tayyor. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» quyidagi futbolchilarni sotib olishi mumkin:
-
Jan-Filipp Mateta («Kristal Pelas»).
-
Viktor Osimxen («Galatasaray»).
-
Dushan Vlaxovich («Yuventus»).
-
Eli Krupi («Bornmut»).
-
Robert Levandovski.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» yozda Joshua Zirkzeeni sotib yuborish niyatida ekani ta’kidlangan.













