Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Deklan Rays Arteta finaldan keyin nimalar deganini aytib berdi

Deklan Rays Arteta finaldan keyin nimalar deganini aytib berdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasi finalida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Mikel Arteta jamoaga nimalar deganini aytib berdi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib aniqlanmadi, penaltilar seriyasida esa parijliklar 4:3 hisobida ustun kelishdi. «Kanonirlar» safida Eberechi Eze va Gabriel dos Santos o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi.

«Final hushtagi yangragandan so‘ng, Arteta bizga butun jamoani qanchalik yaxshi ko‘rishini aytdi. Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik va juda katta yo‘lni bosib o‘tdik, lekin bu hali boshlanishi», — deya Raysning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Angliya OAVlari.

«Arsenal» o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritish imkoniyatini boy berdi. Eslatib o‘tamiz, londonliklar bungacha Angliya Premyer-ligasida 22 yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikni rasmiylashtirgan edi.

Kiritildi: 13:09, 31.05.2026.
O'qildi: 4827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик