Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga yo‘l oldi

O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionati “A” guruhi 3-turida Ummonga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Doston Tursunov tomonidan kiritilgan yagona gol Ravshan Haydarov jamoasiga g‘alaba keltirdi. Parallel ravishda kechgan bahsda musobaqa mezboni Xitoy Qatarga 1:2 hisobida yengildi.

Natijada O‘zbekiston olimpiya termasi 6 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, chorak finalga chiqdi. Barcha o‘yinda g‘alaba qozongan Qatar 1-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

“A” guruhi g‘olibi Qatar “B” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston OTJ esa “B” guruhi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

“B” guruhidagi holatda yuzlanadigan bo‘lsak, 2-turdan keyin Yaponiya 6 ochko bilan birinchi, KXDR termasi esa 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. “B” guruhi 3-turida aynan Yaponiya va KXDR jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

U-23 Osiyo chempionati
"A" guruhi, 3-tur

15
 yanvar, dushanba

O‘zbekiston OTJ - Ummon OTJ 1:0

Gol: Doston Tursunov (37)

O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev ("Paxtakor"), Abbos Otaxonov ("Navbahor"), Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), Doston Tursunov ("Neftchi"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor") (Islom Qobilov, 90), Odilbek Hamrobekov ("Nasaf"), Azizjon G‘aniyev ("Nasaf"), Bobir Abdiholiqov ("Nasaf") (Dostonbek Hamdamov, 81), Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912") (Oybek Rustamov, 90+3), Doniyor Narzullayev ("Nasaf"), Zabixillo O‘rinboyev ("Paxtakor").

Ummon OTJ: Ibrohim Al Muhayni, Mataz Solih, Tani Al Rushaydi, Abdulloh Favaz, Al Mandar Al Alavi, Marvan Vadi (YUsaif, 59), Madh Al Haldi (Al Alavi, 86), Ahmad Al Kaabi, Ahmad Al Matroushi, Zohir al Akbari, Abdulaziz Al Geylaniy.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:52, 15.01.2018.
O'qildi: 15016 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик