Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Uch nafar hakam O‘FF talablarini bajara olmadi

Uch nafar hakam O‘FF talablarini bajara olmadi

Baho:
+ | -

Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” sport bazasida yangi tashkil etilgan Pro-liga hakamlari uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda. Jami 35 nafar referi va referi assistentlariga yo‘riqchilar Baxtiyor Namozov, Aleksandr Popov, Vladislav Seytlin, Arslon Xotamov va Marat Ismoilovlar tomonidan amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Hakamlar haqida gap ketganda, O‘FF hamda PFL tomonidan hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarni alohida ta’kidlash kerak. Jumladan, asosiy e’tibor hakamlik va nazoratchilik geografiyasini kengaytirgan holda, chekka hududlarda shug‘ullanayotgan, faqat mahalliy musobaqalar bilan kifoyalanib qolayotganlarni ham rasmiy tadbirlarga jalb etishga  qaratilmoqda.

Qolaversa, amaliy va nazariy sinovlarning dastlabki talablarini bajara olmagan hakamlarga yana qulaylik yaratish maqsadida o‘zi ustida ishlashga, talablarni qaytadan topshirishga va yakunda hakamlar qatoridan joy olishiga imkoniyat yaratilmoqda.

O‘FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimovning aytishicha, dekabr oyida o‘tkazilgan dastlabki yig‘in natijasiga ko‘ra buxorolik Abdurahmon Qo‘ldoshev (yordamchi hakam) sinovlardan o‘ta olmagan.

U qisqa masofa – 30 m.ga yugurish talabini bajara olmagan. Qo‘ldoshevga 15 yanvar kungi yig‘in paytida yana imkoniyat berildi, biroq u bu safar ham belgilangan talabni bajara olmadi - interval testni (75x25) bajara olmadi, natijada 2018 yilgi o‘yinlarda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. 15 yanvarda boshlangan ikkinchi yig‘in paytda toshkentlik Dmitriy Pislegin (bosh hakam) va farg‘onalik Qahramon Sobirov (yordamchi hakam) ham interval testni (75x25) bajara olmadilar.

Pislegin jismoniy tayyorsizligini oyog‘idagi jarohat bilan bog‘ladi. U ayni paytda Ozarbayjonda davolanmoqda, shifo topib, yana o‘z ustida jiddiy shug‘ullanishnim maqsad qilmoqda. Pislegin, xabaringiz bor, FIFA assistenti hisoblanadi, 2017 yilda OFK Kubogi hamda OCHLning ikkita uchrashuvida zaxira hakami sifatida faoliyat yuritgan. Ayni paytda OFKning rasmiy o‘yinlariga ham taklif etiluvchilar ro‘yxatida turibdi. Endi Pisleginning ham, Sobirovning ham ikkinchi marotaba sinovlarda ishtirok etishi va talabni bajara olgan taqdirda musobaqalarga ruxsat olishi uchun Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasi maxsus xay’atining qarori kerak bo‘ladi.

15 dekabrdagi sinovlardan o‘ta olmagan yana bir hakam – andijonlik Anvar Marajabov esa 15 yanvarda qayta “imtihon” topshirdi va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, yangi mavsum hakamlari qatoridan joy oldi.

Ma’mur Saidqosimovning ta’kidlashicha, o‘tgan yillar mobaynida quyi ligalarda faoliyat yuritib kelgan besh nafar yosh hakamlarga bu yil Superliga uchrashuvlarida ishtirok etish imkoniyati berilmoqda. Bular – farg‘onalik Olimjon To‘ychiboyev, qashqadaryolik Firdavs Norsafarov, toshkentlik Akobirxo‘ja Shukurullayev, Jasur Muxtorov va Asker Najafaliyev. Bularning orasida birgina To‘ychiboyev 2017 yilgi mavsumda Oliy liganing bitta uchrashuvida maydonga tushgan xolos, qolganlarida bunday imkoniyat endi yaratilmoqda.

Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasining ish rejasida kelgusida hakamlikni hududlarda guruh holatida (misol uchun, andijonliklar guruhida bosh hakam ham, qanot hakamlari ham andijonliklar bo‘lishi lozim) tashkil etish belgilangan. Amaliy ishlarga esa allaqachon kirishilgan.

Toshkentda boshlangan yig‘inda ishtirok etayotgan hakamlar:

Referilar

Dmitriy Pislegin (Toshkent sh.)
Dauletbay Jalimov (Toshkent viloyati)
Farrux Yansupov (Toshkent sh.)
Komiljon Rasulov (Qashqadaryo)
Dilshod Karimov (Toshkent sh.)
Shuhrat Rejabov (Buxoro)
G‘ayrat Jo‘rayev (Namangan)
Sultonmurod Abdurahmonov (Toshkent sh.)
Farruh Yo‘ldoshev (Toshkent sh.)

Referi assistentlari

Anvar Marajabov (Andijon)
Abdurahmon Qo‘ldoshev (Buxoro)
Server Yeremeev (Toshkent sh.)
Nikita Afinogenov (Toshkent sh.)
Rinat Nugmanov (Toshkent sh.)
Hasan Nabiyev (Toshkent sh.)
Avaz Abdullayev (Toshkent sh.)
Ibrohim Jo‘rayev (Toshkent viloyati)
Husan Xudoyberdiyev Toshkent viloyati
Vladlen Lushin (Sirdaryo)
Shohnur Yo‘ldoshev (Sirdaryo)
Zufar Eliboyev (Qashqadaryo)
Suhrob Sattorov (Qashqadaryo)
Shavkat Raxmatov (Buxoro)
Akmal G‘iyosov (Buxoro)
Islomjon Nosirov (Namangan)
Maksam Nexochin (Namangan)
Mirmaqsud Karimov (Toshkent sh.)
Sanjar Nazarov (Toshkent sh.)
Shohruh Erkinov (Toshkent sh.)
Ravshan Kapadze (Farg‘ona)
Shoxruhbek Azamov (Farg‘ona)
Qahramon Sobirov (Farg‘ona)
Eldor Tursunov (Namangan)
Husnitdin Bahodirov (Toshkent sh.)
Husnitdin Shodmonov (Namangan)

Hakamlarning navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 22-26 yanvar, 29 yanvar – 2 fevral kunlariga belgilangan. 10-20 fevral kunlari yig‘in Turkiyaning Antaliya shahrida tashkillashtiriladi. 22-25 fevral kunlari shuningdek, ayol hakamlar uchun yig‘in uyushtiriladi. Hakamlar nazoratchilari uchun yig‘in esa 26-28 fevralga rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:04, 18.01.2018.
O'qildi: 5494 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.