Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

O‘FF prezidentining O‘zbekiston OTJ futbolchilariga tashakkurnomasi

O‘FF prezidentining O‘zbekiston OTJ futbolchilariga tashakkurnomasi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Osiyo chempionati chorak finalidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston OTJ futbolchilariga murojaat qilib, ularni g‘alabaga undagan edi. Futbolchilarimiz ham bu murojaatdan ruhlanib, bugun ajoyib o‘yin namoyish qilib, yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

Umid Ahmadjonov o‘yindan keyin futbolchilarga o‘z tashakkurini izhor qildi:

"Hurmatli futbolchi va murabbiylar!

Bugungi ajoyib o‘yin, chiroyli g‘alaba va Osiyo chempionati yarim finaliga yo‘l olganingiz bilan barchangizni tabriklayman! Rahmat Sizlarga! O‘yindan avval Sizlarga yuborgan murojaatimdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, bugun maydonda joningizni berib harakat qildingiz. Kechagi fojeadan qalbi g‘amga to‘lgan yurtoshlarimizga oz bo‘lsa-da quvonch baxsh etishga muvaffaq bo‘ldingiz. Albatta, Qozog‘istonda vatandoshlarimiz bilan ro‘y bergan fojeaning alamini hech narsa bosa olmaydi. Biz hamisha o‘tganlarning ortidan xayrli duolar qilamiz.

Lekin bugungi o‘yiningiz bilan Siz nafaqat yurtdoshlarimizga quvonch ulashdingiz, balki Vatanimiz sha’nini munosib himoya qila oldingiz. Yaponiyadek futboli rivojlangan mamlakat o‘yinchilaridan o‘zbekistonlik futbolchilar hech bir jabhada aslo kam emasliklarini namoyish qilib berdingiz. Buning uchun Sizlarga minnatdorchilik bildiraman.

Endi oldinda Sizlarni Osiyo chempionati yarim final bahsi kutib turibdi. Ushbu mas’uliyatli o‘yinda ham yurakdagi o‘t bilan astoydil harakat qilib, g‘alaba qozonishingizni tilab qolaman. O‘zbekiston hech kimdan kam emasligini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ying! Final sari olg‘a!

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti".

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 15:30, 19.01.2018.
O'qildi: 15270 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.