Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Real» Keynni jahonning eng qimmat futbolchisiga aylantirishi mumkin

«Real» Keynni jahonning eng qimmat futbolchisiga aylantirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Real» hamon «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keynni qo‘lga kiritish borasida bosh qotirmoqda.

Mazkur mavsum so‘ngida madridliklar 24 yoshli futbolchi uchun 200 million funt (226 mln yevro) to‘lamoqchi. Ushbu transfer amalga oshsa, Keyn jahonning eng qimmat futbolchisiga aylanadi. Hozir bu borada rekord «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgan Neymarga tegishli bo‘lib turibdi (222 mln. yevro).

Londonliklar prezidenti Deniel Levi nafaqat Xarri Keynni, balki jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni saqlab qolmoqchi. Ushbu mutaxassisga ham "Real" tomonidan qiziqishlar bo‘lmoqda.

Ammo hozircha futbolchi va murabbiy bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar boshlanmadi. «Tottenxem» hozirda Kristian Eriksen, Dele Alli, Son Xyon Min va Tobi Alderveyreld bilan shartnomalarni uzaytirish borasida ish olib bormoqda.

Keynning shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan va u hozirda haftasiga 110 ming funt haftalik maosh olmoqda. "Shporlar" uning maoshini 200 ming funtga ko‘tarmoqchi.

Pochettino – APLning eng kam maosh oluvchi murabbiyi hisoblanadi. Uning «Tottenxem» bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:16, 21.01.2018.
O'qildi: 10959 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик