Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Sobiq futbolchi Jorj Vea prezidentlik inaugurasiyasini stadionda qabul qildi (video)

Sobiq futbolchi Jorj Vea prezidentlik inaugurasiyasini stadionda qabul qildi (video)

Baho:
+ | -

Liberiyalik sobiq futbolchi, “Oltin to‘p” sohibi Jorj Vea prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqanligi xaqda xabar bergan edik.

Jorj Vea rasman prezident sifatida qasamyod qildi. Bu haqda SKY news xabar bermoqda. Inaugurasiya jarayonida Vea o‘zining “Engib o‘tish”, deb nomlangan dasturini e’lon qildi. Dasturga ko‘ra, birinchi galdagi vazifa mamlakatda qashshoqlikka qarshi kurashish va yangi ish o‘rinlarini yaratishdan iborat. Vea kambag‘allarga ko‘mak berishda mamlakatning resurslaridan oqilona foydalanish lozimligini ta’kidladi. U mamlakat resurslaridan olingan foydaning hukumat mulozimlari cho‘ntagiga kirib ketishini tanqid qildi.

Veaning ilgari surgan dasturiga asosan dastlabki 150 kun ichida mamlakatda 50.000 ish o‘rni yaratiladi. Mamlakatdagi 4.6 mln nafar fuqaroning 60% dan ko‘prog‘i 25 yoshgacha bo‘lganlardir. Aynan mana shu yoshlar Veaning mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratib, kambag‘allikka barham berishiga ishongan va saylovlarda uni qo‘llab ovoz bergan.

Liberiya mamlakati BMT ning “inson farovon hayoti” bo‘yicha tuzilgan ro‘yxatda 188 mamlakat ichidan 177 o‘rinni egallaydi. Bu mamlakatda jiddiy muammolar borligini bildiradi va yangi prezident oldiga katta vazifalar qo‘yadi.

 Poytaxt Monroviyadagi stadionga yig‘ilgan 35 ming odamlar qarshisida Vea shunday dedi: “Men ko‘p yillarimni stadionlarda o‘tkazdim, lekin mening bugungi orzu-o‘ylarim o‘zgacha. Biz bir ahil xalq bo‘lib harakat qilishimizga va oldimizdagi to‘siqlarni birga yengib o‘tishimizga ishonaman”.

Jorj Veaning inaugurasiyasida Gana, Gabon, Senegal prezidentlari hamda afrikalik futbol yulduzlari, xususan, Samuel Eto’o ham ishtirok etgan.

Ta’kidlash kerakki, Vea o‘z vaqtida Yevropaning “Chelsi”, “PSJ”, “Monako” va “Milan” klublarida to‘p surgan. 1995 yilda FIFA tomonidan duyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p”sovriniga munosib ko‘rilgan.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 20:16, 23.01.2018.
O'qildi: 2137 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик