"Milan" yarimhimoyachisi Jakomo Bonaventura jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoni qo‘llab quvvatlamooqda.
"Murabbiy almashishi o‘yinchilar uchun muammo tug‘diradi. Gattuzo hamma ishlardan boxabar, u jamoada yana bir nechta superyulduzlarga ega bo‘lishga munosib.
Murabbiyimiz xarakter va shijoatga ega. U vijdonli va bizni birlashtirishga va bizga xohish-istakni qaytardi.
Endi vaziyat hammaga oydin. Tarkib tuzilishi, murabbiylar muntazam o‘zgaraversa bu foyda keltirmaydi.ozir bizda aniq reja bor va oldinga intilyapmiz", - deydi Bonaventura.
"Milan" A seriyaning oxirgi 3 o‘yinida ikki marta g‘alaba qozonib bir marta durang o‘ynadi va jadvalda 7-o‘rinda bormoqda.