Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ispaniya kubogi. «Barselona» yarim finalga chiqdi

Ispaniya kubogi. «Barselona» yarim finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogi musobaqasining so‘nggi yarim finalchisi nomi aniq bo‘ldi. Javob o‘yini doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Espanyol"ni qabul qildi. Dastlabki o‘yinda Kike Sanches Flores shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

"Kamp Nou"dagi bahsning 9-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Messi o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Vidalga uzatma berdi va Aleish raqib darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Pau Lopes to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada Luis Suares bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan — 25-daqiqada "ko‘k-anorranglilar" hisobdagi farqni oshirishdi. Mehmonlar maydon egalarining hujumini to‘xtatgandek bo‘lishgandi, ammo jarima maydonchasi ostonasida Messi "Espanyol" himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ydi va 18 metrlardan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida to‘rga borib tushdi.

Messining o‘zi tanaffusga qadar yana 2 marta ishg‘ol etishi mumkin edi, biroq argentinalik futbolchi yaqin masofalardan zarba berishda biroz xatoga yo‘l qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar nisbatan ehtiyotkor o‘tkazishdi. Shunga qaramay, uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida "Barsa" 2ta yaqqol golga tortadigan vaziyat yaratdi. "Espanyol" darvozabon bir vaziyatning o‘zida Suares va Rakitich tomonidan yaqin masofadan yo‘llangan zarbalarni qaytargan bo‘lsa, keyingi vaziyatda darvoza ustuni uning joniga oro kirdi. Ikkinchi vaziyatda Rakitichning uzatmasidan keyin Paulinyo bosh bilan zarba yo‘llagandi.

"Barselona" javob o‘yinida o‘ziga kerakli natijani qayd etdi va Ispaniya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Avvalroq "Sevilya", "Valensiya" va "Leganes" klublari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Ispaniya kubogi, chorak final, javob o‘yini
Barselona – Espanyol 2:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Suares, 2:0 – 25 Messi.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal (Paulinyo, 63), Buskets, Serdji Roberto, Rakitich (Andre Gomesh, 90), Inyesta (Koutinyo, 68), Messi, Suares.
Espanyol – Lopes, Ermoso, Naldo, Karikol, Lopes Silva, Sanches (Melendo, 86), Darder (Baptistao, 46), Granero (Garsiya, 65), Xavi Fuego, Mark Navarro, Moreno.
Ogohlantirishlar: Suares (8), Ermoso (19), Messi (27), Alba (38), Granero (60), Garsiya (72), Naldo (77), Paulinyo (82).
Dastlabki o‘yin: 0:1

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:21, 26.01.2018.
O'qildi: 8526 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик