Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Tojikistonliklarga JCH-2018 paytida Rossiyaga bormaslik tavsiya qilindi

Tojikistonliklarga JCH-2018 paytida Rossiyaga bormaslik tavsiya qilindi

Baho:
+ | -

Tojikistonning mehnat, migrasiya va aholi bandligi vazirligi mamlakat fuqarolariga JCH-2018 paytida Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi.

Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2018 yilning 25 may kunidan 25 iyul kunigacha, Rossiyaga tashrif buyurgan xorijliklar 1 kuni ichida migrasiya hisobidan o‘tishi shart.

Bu tartib Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochi shaharlariga yashash va ishlash uchun tashrif buyuruvchilarga joriy qilindi.

Tojikiston fuqarolaridan bu tavsiyaga amal qilib, ko‘rsatilgan shaharlarga tashrif buyurishdan tiyilish so‘ralmoqda.

«Jahon chempionati paytida Rossiya shaharlarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi va kichik qoidabuzarlik ham jiddiy tarzda jazolanishi mumkin» - deyiladi xabarda.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 14:10, 26.01.2018.
O'qildi: 6523 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик