Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Qorli g‘alaba muborak! O‘zbekiston - Osiyo chempioni

Qorli g‘alaba muborak! O‘zbekiston - Osiyo chempioni

Baho:
+2 | -1

Bugun, 27 yanvar kuni Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining hal qiluvchi final bahsi yakuniga yetdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi qorli maydonda Vyetnam terma jamoasi bilan bahs olib bordi.

O‘yinning 8-daqiqasida burchakdan oshirib berilgan uzatmani Rustam Ashurmatov bosh bilan darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi.

10-daqiqada Jasur Yaxshiboyev asabiylashgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Shundan so‘ng yana O‘zbekiston terma jamoasi vakili Odiljon Xamrobekovga 35-daqiqada sariq kartochka ko‘rsatildi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, 41-daqiqada Nguyen Xay yaqin masofadan belgilangan jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim shu hisobda yakuniga yetdi va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi. Tanaffus vaqtida maydonda yog‘gan qorni tozalash ishlari amalga oshirildi. Orada kichik tanaffus yuzaga keldi.

Ikkinchi bo‘limni O‘zbekiston futbolchilari liboslari maydon rangi bilan bir xil bo‘lib qolmasligi uchun ko‘k rangli libosda o‘tkazishdi.

O‘yinning ikkinchi 45 daqiqaligida O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq ustunlik bilan o‘ynadi, vyetnamliklar ham o‘ziga yarasha yetarli hujumlar uyushtirishdi.

Ammo himoyachilarimiz bu vaziyatlarda hujumlarni bartaraf etishdi. Zabixillo O‘rinboyev va Javohir Sidiqovda gol urish uchun qulay vaziyatlar bo‘lgandi.

O‘yinning asosiy daqiqalari durang natija bilan yakunlandi. Ekstra taymlar boshlanishi bilan har ikki jamoa ham hujumlar uyushtirishda davom etishdi.

Birinchi ekstra taymda gol urilmadi, lekin Ravshan Haydarov ikkinchi ekstra taymning 115-daqiqasida Javohir Sidiqovning o‘rniga Aleksandr Sidorovni maydonga tushirdi.

Aynan hozirgina maydonga tushgan Sidorov burchakdan oshirilgan uzatmani bosh bilan darvozaga yo‘lladi va O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionati musobaqasidagi g‘olibiga aylantirdi.

U-23. Osiyo chempionati. Final.

Vyetnam - O‘zbekiston 1:2

Gollar: R.Ashurmatov, 8, A.Sidorov, 119 - Nguyen Xay, 41

Kiritildi: 16:23, 27.01.2018.
O'qildi: 12946 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик