Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

OCHL-2018. «Nasaf» – «Al-Faysaliy» uchrashuvi oldidan

OCHL-2018. «Nasaf» – «Al-Faysaliy» uchrashuvi oldidan

Baho:
+ | -

30 yanvar, seshanba kuni "Nasaf" o‘z maydonida OCHL-2018 guruh bosqichiga chiqish masalasini hal qiladi. “Ajdarlar” "Al-Faysaliy"ga qarshi bahs yuritishadi.

Bu uchrashuvga qadar ham ikki klub, bir marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Faqat o‘tgan uchrashuv OFK kubogining nimchorak finali uchrashuvi edi. 2011 yil 24 mayda ammanliklar Qarshida 2:1 hisobida mag‘lub etilgan. Endi bu uchrashuv tarixda qoldi. Endi klublar oldidagi vazifa ham boshqacha, tarkiblar ham boshqacha.

E’tiborlisi, OFK kubogi bahsida maydonga tushgan futbolchilarimizdan tarkibimizda faqat Maqsud Karimov qoldi. Tajribali himoyachimiz “Al-Faysaliy”ga qarshi uchrashuvda ikkinchi marta maydonga tushishi mumkin.

Ozgina tarixga qaytamiz. 2001-2002 yilgi Osiyo chempionlari kubogida mamlakat sharafini himoya qilish “Nasaf”ning chekiga tushgan. “Do‘stlik” va “Neftchi” jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa “Nasaf”ga yuklanadi. Va qarshilik futbolchilar o‘shanda qit’ada shov-shuvli natijalarni qayd etishgandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAA da tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. “Ajdarlar” mamlakatimiz jamoalari orasida “Neftchi”dan keyin qit’aning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar yetib kelishadi.

“Nasaf” shundan so‘ng qit’amizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi - OCHLda 2012, 2013, 2015 va 2016 yillar ishtirok etgan.

Endi mehmonlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak. “Al-Faysaliy” o‘z tarixida ikki marta OFK kubogini qo‘lga kiritgan. Mamlakat chempionatida esa sovrinlar yig‘ish bo‘yicha rekordchi klub hisoblanadi. “Al-Faysaliy” Qarshida mag‘lub bo‘lsa ham, OFK Kubogi-2018dagi ishtirokini saqlab qolaveradi.

30 yanvar kuni mamlakatimiz futbol ishqibozlarining nigohi “Markaziy” stadionga qaratiladi. Yangi futbol mavsumining ilk rasmiy  uchrashuvi sanalgan “Nasaf” – “Al-Faysaliy” bahsiga bo‘lgan qiziqish juda katta. O‘yinga chiqarilgan chiptalarning ham aksariyati sotib bo‘lindi.

Aziz futbol ishqibozlari, Siz ham “Markaziy”ga keling!

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 08:31, 28.01.2018.
O'qildi: 6868 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.