"Al-Garafa" stadionida o‘tgan mashg‘ulot yakunlangach, jamoa sardori Kamoliddin Tojiyev tayyorgarlik jarayoni va raqib to‘g‘risida fikrlarini bildirdi.
Kamoliddin Tojiyev: - Biz mazkur bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Turkiyadagi yig‘in bu borada katta yordam berdi. Unda jismoniy imkoniyatlarimiz va jamoaviy o‘yinni yaxshilash ustida ishladik. Ayni paytda jamoamizda barchaning kayfiyati yuqori. "Al-Garafa"ga qarshi o‘yinga puxta hozirlik ko‘rishga urinyapmiz. Bu jamoa tarkibida yaxshi darajada o‘ynaydigan futbolchilar bor, ammo biz ularga jamoaviy va birdam o‘yinimiz bilan javob berishga intilamiz.