Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Lokomotiv»ning OCHL-2018 guruh bosqichidagi 3-raqibi aniq bo‘ldi

«Lokomotiv»ning OCHL-2018 guruh bosqichidagi 3-raqibi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -1

Osiyo Chempionlar Ligasi-2018 mavsumining pley-off bahslari bo‘lib o‘tmoqda. O‘yinlardan Eronning Isfaxon shahridagi "Fuladshehr" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin natijasida "Lokomotiv"ning guruh bosqichidagi yana bir raqibi aniq bo‘ldi.

"Zob Ohan" o‘z maydonida Hindiston chempioni – "Ayzavl"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq hindlarning darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni Mahdi Rajabzoda aniq amalga oshirdi. 21-daqiqaga kelib Andrey Ionesku hisobni tenglashtirdi.

Forslar o‘yinning so‘nggi daqiqalariga kelib "Zob Ohan" g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi. Murtazo Tabriziy uchrashuv tugashiga 7 daqiqa qolganida o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda ushbu futbolchining o‘zi "Zob Ohan"ning uchinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Natijada "Zob Ohan" OCHLning "B" guruhidan o‘rin oldi. Eslatib o‘tamiz, shuningdek, bu guruhda Qatarning "Duhayl" va BAAning "Al-Vahda" klublari joy olishgan. Guruh bosqichi 12 fevraldan start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:53, 30.01.2018.
O'qildi: 5225 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик