“Nasaf” – “Al-Faysaliy” uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich ishtirok etdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: - Avvalom bor, barcha futbol ishqibozlarini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Futbol bayrami yurtimizda davom etmoqda. Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, raqibimiz juda jiddiy edi. Biz ularni yaxshilab o‘rgangan edik. Bugun qaysidir ma’noda omad ham biz tomonda bo‘ldi. Raqibimizni o‘rganish jarayonida standart vaziyatlardan ko‘proq gol o‘tkazib yuborishiga amin bo‘ldik. Bugungi o‘yindan oldin, o‘yinchilarimizga shuni ham e’tiborga olishlarini aytgandik. Natijada dastlab kiritgan ikkita golimiz ham shunday vaziyatlarda kiritildi. Bu gollar o‘yin taqdirini hal qildi”, - dedi Berdiyev.