Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Chin ma’noda eng yaxshi futbolchi – Muhammad Saloh

Chin ma’noda eng yaxshi futbolchi – Muhammad Saloh

Baho:
+ | -

«Liverpul» vakili hattoki, bir o‘g‘rini yangicha hayotga da’vat etdi. Ha, endilikda qadim Misr nafaqat yer yuzining chin boyligi - piramidalar, balki yana Muhammad Saloh bilan ham alohida faxrlanmoqda. Aslida futbolchi allaqachon mahalliy aholi hurmatini qozonib ulgurgandi.

Mamlakat milliy jamoasi 28 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionatiga yo‘l olganidan keyin esa u shak-shubhasiz, millat qahramoni maqomini oldi.

Zero, Saloh saralash bosqichida bosh rolni bajardi. Misrda uzoq kutilgan buyuk natija shodiyonalari vaqt o‘tishi bilan asta-sekin tindi, biroq gol urishni xush ko‘ruvchi futbolchi tin olishni sira o‘ylayotgani yo‘q.

Mana, «Liverpul» yetakchilaridan biri sifatida gavdalanayotgan arab yigiti APLda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishdan charchamayapti. U shuningdek, Yevropa CHL guruh bosqichida o‘z nomiga 6ta gol yozib qo‘ydi.

Shunga muvofiq, Salohni Afrikaning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etishdi. Alohida aytish kerak, Misrda uni avvalo, ajoyib mahsuldorligi emas, balki mamlakatning ovloq go‘shasidan chiqib, afsonaviy ko‘tarilishga erishgan va oddiy yigit bo‘lib qolgani uchun qadrlashadi. Sports.ru saytining maqolasi shu haqda.

*****

Saloh Aleksandriyadan uzoq bo‘lmagan Nag‘rig‘ qishlog‘ida ulg‘aygan. Futbol mashg‘ulotlarini esa 7 yoshida boshlagan. O‘zining aytishicha, millionlar o‘yiniga Ronaldo, Franchesko Totti va Zayniddin Zidan ijrosidagi sehrli harakatlar ta’sirida ko‘ngil bergan.

Chunonchi, ba’zi-ba’zida to‘lqin ushlaydigan eskigina televizorda ularning o‘yinlarini o‘zgacha maroq bilan tomosha qilardi. O‘sha vaqt qishloqda yaroqli to‘p topish amri-mahol edi. Shuning uchun yosh Saloh do‘stlari bilan shunchaki, eski paypoqlarni qandaydir doirasimon buyumga o‘rab, qo‘lbola «to‘p» yasashardi.

Diqqat qiling, APLning bugungi yulduzi 14 yoshiga qadar shunday sharoitda shug‘ullangan. Yigitcha ayni shu vaqtda PepsiCo tomonidan tashkillashtirilgan maktab miqyosidagi turnirlardan birida Qohiraning «Arab Kontraktors» klubi skautlari nazariga tushadi.

Xullas, Saloh shu musobaqadagi harakatlari natijasida ilk shartnomaga ega bo‘ladi. Biroq u klub mashg‘ulotlariga yetib borish uchun naq 4 soat yo‘l yurardi. Aniqrog‘i, deyarli har kuni yo‘nalish bo‘ylab kamida 3ta avtobusga chiqardi. «Maktabdan darslar tugamasidan oldin qochib ketishimga to‘g‘ri kelardi, - deya eslaydi Saloh o‘sha davrlarni.

- Chunki mashg‘ulotlarga ulgurishim shart edi. Keyinroq klub maxsus yozma iltimos jo‘natdi: «Kunduzgi soat 2:00da boshlanadigan mashg‘ulotlarga yetib kelishi uchun Muhammadga darslardan ertaroq javob berishinglarni so‘raymiz». Shunday ekan, maktabda kuniga atigi 2 soat o‘qiganman, xolos.

Chamasi 3-4 yil davomida haftasiga 5 kun mashg‘ulotga qatnaganman. Ertalab soat 9da uydan chiqardim, maktabga bosh suqib, keyin jamoa ixtiyoriga yo‘l olardim. Mashg‘ulotlar qat’iy tartibda olib borilar va 4 soat davom etardi. Xullas, kechki soat 6gacha ter to‘kib, darrov ortga qaytardim. Shu tariqa uyga kelganimda, soat 22:00-22:30 bo‘lardi».

*****

Muhimi, bunday harakatlar samarasiz ketmadi: Saloh 19 yoshidayoq Misr terma jamoasida debyut qildi. Arablar Afrika kubogi-2012ga qaratilgan tayyorgarlik jarayonida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishadi. Jumladan, «Bazel» bilan uchrashuvda hujumkor futbol namoyish etib, 4:3 hisobida g‘alaba qozonishadi.

Qahramonimiz shu «o‘rtoqlik»da «dubl» qayd etishdan tashqari, shunchalik faol harakatlanadiki, Shveysariya klubi xo‘jayinlari atigi bir necha kun oralig‘ida uning Yevropaga ko‘chib o‘tishini ta’minlashadi. «Avvaliga rosa qiynalganman, - degandi futbolchi intervyularidan birida. - Axir o‘smirlik chog‘iyoq bosh-qa qit’aga yolg‘iz yo‘l olish oson emas.

Bungacha Misrdan chetga chiqmagandim. O‘z mamlakatim haqida hammasini bilardim, ammo Shveysariyani hattoki, eshitmagandim. Boz ustiga, ingliz tilida baloni ham tushunmasdim. Deylik, oziq-ovqat yoki oddiy zarur narsalarni qayerdan xarid qilishni bilmasdim».

Mana, oradan 6 yil o‘tdi va endi Salohning ishlari joyida DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:34, 01.02.2018.
O'qildi: 4869 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.