Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-0 Paxtakor

“Lokomotiv” Koreya va braziliyalik futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

“Lokomotiv” Koreya va braziliyalik futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safida bir qator futbolchilar ko‘rikdan o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

“Lokomotiv” bugun mana shunday futbolchilardan 2 nafari bilan shartnoma tuzdi. Bular – Janubiy koreyalik hujumchi Cho Suk Jae hamda braziliyalik yarim himoyachi Nivaldo Rodriges Ferreyra.

Cho Suk Jae 24 yoshda bo‘lib, u bungacha “Chonbuk Motors” jamoasi safida to‘p surib kelayotgan edi. Shuningdek, bir muddat “Chonnam Dragons” hamda “Anyang” klublari sharafini ham himoya qilgan.

Braziliyalik Nivaldo esa 29 yoshda bo‘lib, u bunga qadar Belorussiyaning “Dinamo Brest” jamoasi a’zosi edi. U faoliyati davomida Braziliyaning “Baraunas”, Qozog‘istonning “Atirau”, Rossiyaning “Sibir”, “Luch Energiya” va Belorussiyaning “Gomel” kabi jamoalari safida faoliyat olib borgan.

Shu tariqa, jamoamiz Osiyo Chempionlar Ligasida to‘liq legionerlar limitidan foydalanadigan bo‘ldi. Ta’kidlab o‘tamiz, “Lokomotiv” safida shuningdek, gruziyalik Kaxi Maxaradze va serbiyalik Igor Yelich kabi legionerlar mavjud.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 19:05, 01.02.2018.
O'qildi: 14702 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик