Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

«Navbahor» tarkibidagi legionerlar bilan shartnoma imzoladi

«Navbahor» tarkibidagi legionerlar bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Mavsumlar oralig‘ida “Navbahor” tarkibiga qo‘shilgan futbolchilar bilan shartnomalar imzolanmoqda. Avval xabar berganimizdek, “Navbahor” safiga legioner darvozabon Ilya Gavrilov kelib qo‘shilgandi.

Oldingi o‘yinlarda posboni sinovdan o‘tkazgan murabbiylar darvozabonning xatti-harakatlaridan to‘la qoniqish hosil qilishdi va shartnoma imzolashdi. 1988 yilning 26 sentyabr sanasida tug‘ilgan  posbon yangi mavsumni “Navbahor” tarkibida o‘tkazadi.

Shuningdek, kuni-kecha “lochinlar” safiga qo‘shilgan serbiyalik himoyachi Tomislav Pajovich bilan ham shartnoma imzolandi. O‘tgan mavsumni Serbiyaning “Zemun” klubida o‘tkazgan himoyachi ham “Navbahor” a’zosiga aylandi. Faoliyatini 2008 yili “Chukarichki” jamoasida boshlagan himoyachi 193 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta golga mualliflik qilgan. O‘tgan mavsumni “Navbahor”da o‘tkazgan yana bir serbiyalik himoyachi Darko Stanoyevich bilan ham yangi shartnoma imzolandi.

Bugun Navoiyning “Qizilqum” klubi bilan navbatdagi nazorat o‘yini o‘tkazildi. “Konchilar”ga qarshi o‘tgan uchrashuvda “Navbahor” Zohir Pirimov va Azamat Allaniyozovning gollari vaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Pirimov hisobni ochgan bo‘lsa oradan hech qancha vaqt o‘tmay Pirimov ishlagan penaltini Azamat Allaniyozov aniq amalga oshirdi. Tanaffusga yaqin esa “Qizilqum” hisobdagi farqni qisqartirishga erishdi. Ikkinchi bo‘limda esa darvozalarga gol kiritilmadi. Navoiyliklar bilan o‘tgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “Navbahor” darvozasidan Akbar To‘rayevni joy olganligini qo‘shimcha qilish joiz.

“Navbahor” uchrashuvni quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Ilya Gavrilov, Avazbek Mamatho‘jayev, Mirzohid G‘ofurov, Darko Stanoyevich, Tomislav Pajovich, Dilshod Jabborov, Azizbek Turg‘unboyev, Oybek Qilichev, Oston O‘runov, Zohir Pirimov, Azamat Allaniyozov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To‘rayev, A’zam Aliyev, Ayubxon No‘’monov, Ilhom Boydedayev, Shohzamon Hayrullayev, Yannis Linda.

“Navbahor” FK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:42, 02.02.2018.
O'qildi: 5070 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик