UYEFA rasmiy sayti Chempionlar Ligasining joriy mavsumida nimchorak finalga yo‘l olgan klublarga ishqibozlik qiladigan mashhur shaxslar haqida maqola tayyorladi.
Ushbu ro‘yxatdan xonandalardan tortib, aktyorlargacha, shuningdek, sportning boshqa turlari vakillari ham o‘rin olishgan. Demak, ular bilan tanishamiz.
«YUVENTUS»: Luchano Pavarotti. 2007 yil vafot etgan afsonaviy tenor butun umri davomida «Yuve»ga muxlislik qilgan.
3
«Bu klubga 50-yillarda, bolalik paytimdayoq mehr qo‘yganman. O‘shanda turinliklar o‘yin o‘tkazish uchun bizning Modenaga tashrif buyurishgandi, - degandi Pavarotti intervyularining birida.
- Hamisha «Yuventus»ning ulug‘vor va latofatli o‘yin uslubini yuksak qadrlaganman. Aynan shu sababli jamoaga «keksa sinyora» nomi berilgan».
Shuningdek: Emili Ratakovski (model), Eros Ramazotti (xonanda)
«TOTTENXEM»: Rupert Grint. Garri Potter haqidagi filmda Ron Uizli rolini o‘ynagan aktyor muntazam ravishda «shporlar» o‘yiniga tashrif buyuradi.
«Bir vaqtlari bobomning stadionda alohida o‘rindig‘i bo‘lardi, shu bois tug‘ilganimdan buyon «Tottenxem»ga ishqibozlik qilaman», - deydi Grint.
Shuningdek: Ian Torp (suzuvchi), Fil Kollinz (xonanda), Shanayya Tveyn (xonanda)
«BAZEL»: Rojer Federer. Tennis afsonasi - qadrdon shahri jamoasining fidoyi muxlislaridan biri, bo‘sh vaqti topilsa, bu klubning barcha o‘yinlarini stadiondan kuzatadi
. Boz ustiga, Federer taqvim tuzish chog‘ida «Bazel» uchrashuvlari paytini ham inobatga oladi. «Bu jamoa stadionida har doim qalbimni o‘zgacha hissiyotlar chulg‘aydi.
2002 yili ushbu klubning uzoq yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikka erishganiga guvoh bo‘lganman, - deydi tennischi. - Boshqa mamlakatlarga borganimda, «Bazel»ga TV orqali ishqibozlik qilaman».
«MANCHESTER SITI»: aka-uka Gallaxerlar. «Siti»ning uy uchrashuvlari payti ko‘pincha Oasis rok-guruhining qo‘shiqlari yangraydi.
Bu guruh Manchesterda tug‘ilgan, «shaharliklar»ning ashaddiy muxlislari Liam va Noel Gallaxerlardan tashkil topgan. Ular hamisha «Manchester Siti» uchrashuvlarini stadiondan kuzatishadi. Ammo 2009 yili guruh vakillari mojaroli tarzda tarqalib ketishgach, alohida tribunalardan joy oladigan bo‘lishgan.
«1971 yili ilk bor futbol ko‘rgani borgandim. Otam meni «Siti» - «Nyukasl» bahsini kuzatish uchun «Meyn Roud» stadioniga olib borgandi, - deydi Noel. - O‘shandan buyon «shaharliklar»ga muxlislik qilaman».
Shuningdek: Rikki Xatton (bokschi)
«PORTU»: Sara Sampayyu. Portugaliyalik top-model jonajon shahri jamoasi ishqibozi ekani haqida intervyularining birida aytib o‘tgandi.
«Men portulikman, shimoldanman, bizning jamoa jahondagi eng yaxshisi», - degandi Sampayyu. Bir safar Sara ijtimoiy tarmoqlar orqali «Menda «Portu» futbolkasi yo‘q», deb yozganida, klubdan darhol javob olgandi: «Libos tayyor va sizni kutmoqda. Uni olib ketgani qachon kelasiz?».
Sampayyu chaqirilgan joyga darhol yetib bordi, «Portu» muzeyiga tashrif buyurib, «ajdarlar»ga mehri o‘zgacha ekanini yana bir karra isbotladi.
Shuningdek: Tyagu Monteyru (avtopoygachi), Belmiru de Azevedu (biznesmen)
«LIVERPUL»: Semyuel L. Jekson. Gollivud yulduzi «Formula 51» filmining Liverpuldagi s’yomkasi davrida mersisaydliklar muxlisiga aylangan.
«Liverpulga borgunimga qadar tuzukroq futbol o‘yiniga guvoh bo‘lmagandim, - deydi 68 yoshli aktyor. - Bu yerda esa stadionda ko‘p vaqtimni o‘tkazib, You~ll Never Walk Alone qo‘shig‘iga jo‘r bo‘ldim».
Shuningdek: Mayk Mayers (aktyor), Dr. Dre (reper), Deniyel Kreyg (aktyor), Karolina Voznyaski (tennischi)
«SEVILYA»: Pas Vega.
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.