Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Bugun Jahon chempionati kubogi tarixda 1-marta Toshkentga keladi

Bugun Jahon chempionati kubogi tarixda 1-marta Toshkentga keladi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati Kubogini butun dunyo mamlakatlari bo‘ylab olib yurilishi ilk marta 2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan JCHdan oldin bo‘lib o‘tgandi.

Bu safar JCH Kubogi 221 kun davomida 90ta shahar bo‘ylab olib o‘tiladi. JCH Kubogi mazkur turne doirasida jami 149 576 78 km masofani bosib o‘tadi.

Kubogning og‘irligi 6,175 kg ni tashkil qiladi. JCH Kubogi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan barcha mamlakatlar bo‘ylab olib o‘tilishini ham ta’kidlash kerak. JCH Kubogiga Jahon chempionatida g‘alaba qozongan har bir mamlakatning nomi va g‘alaba qozongan yili o‘yib yozilgan.

Turne davomida butun dunyo bo‘ylab jami 800 000 dan ortiqroq odamlar JCH Kubogi bilan birga suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan mamlakat Rossiyada JCH Kubogining turnesi jami 123 kun davom etib, Rossiyaning 24 ta shahrini kezib chiqadi va 26 000 km masofani bosib o‘tadi.

Ushbu turne ikki qismdan iborat bo‘ladi. 2017 yil bo‘lib o‘tgan turda JCH Kubogi 15 ta shaharda bo‘ldi. 2018 yilning may oyidan boshlanadigan ikkinchi turda JCH Kubogi Rossiyaning 9 ta shahri bo‘ylab o‘tadi va oxirida Moskva shahriga olib kelinadi.

Bugun, 6 fevral kuni JCH Kubogi Toshkentga olib kelinadi. Bu tarixiy hodisa bo‘lib, shu paytga qadar JCH Kubogi O‘zbekistonga olib kelinmagan.

Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da JCH Kubogini O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegasiya a’zolari kutib olishadi.

Shuningdek, bugun JCH Kubogi delegasiyasi a’zolari bilan matbuot anjumani tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Toshkentdan keyin JCH Kubogi Ashxobodga boradi va undan so‘ng Yerevan, Tbilisi, Baku, Valyetta, Vena, Minsk, Sofia, Tel-Aviv, Larnaka, Ramalloh, Amman, Dubay, Xartum, Addis-Abeba, Nayrobi, Maputo, Yoxannesburg, Keyptaun, Kampala, Abuja, Lagos, Dakar, Abidjan, Qohira, Rim, Neapol, Parij, Kyoln, Oslo, Torshavn, Reykyavik, Tukuman, Berasategi, Buenos-Ayres, Rosario, Bogota, Panama, San-Xose, Gvadalaxara, Monterrey, Mexiko, Nyu-York, Mayami, Los-Anjeles, Frankfurt, Ulan-Bator, Pekin, Shanxay, Tokio, Osaka shaharlarini aylanib chiqib, oxiri Moskva shahriga yetib boradi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:31, 06.02.2018.
O'qildi: 6099 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.