Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Janubiy Koreyada qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Janubiy Koreyada qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+1 | -

Bugun Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida navbatdagi qishki Olimpiadaning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlangan tantanali marosimda mazkur o‘yinlarda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar tantanali chiqishda ishtirok etdilar. Bayramda tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi Komil To‘xtayev delegasiyamiz bayroqdori bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bu yilgi Olimpiadada 6 terma jamoa musobaqada debyut qiladi. Belgilangan normativlar o‘sha yurt vakillarining iqlimidan kelib chiqqan holda qo‘yilgani qishki Olimpiadada ham issiq o‘lka vakillarining ishtirok etishiga zamin yaratmoqda. Bu yil Singapur (short-trek), Nigeriya (bobsley va skeleton), Ekvador (chang‘i poygasi), Malayziya (figurali uchish), Kosova va Eritreya (tog‘ chang‘isi) vakillari Janubiy Koreyaga qishki Olimpiadada ilk marotaba o‘z yurti sharafini himoya qilish uchun kelishadi.

Ushbu nufuzli sport bayramida 92ta mamlakatdan 3544 nafar sportchi sportning 15 turi bo‘yicha 102ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradilar.

Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini Misha Ge (figurali uchish) va Komil To‘xtayev (tog‘ chang‘isi) himoya qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Misha Ge ayni paytda AQSHda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini davom ettirayotgani sababli, Janubiy Koreyaga 11 fevral kuni yetib boradi. U 16 fevral kuni “Gangneung Ice Arena” muz saroyida figurali uchishning qisqa dasturida chiqish qilsa, 17 fevralda erkin dasturda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Komil To‘xtayev esa 18 fevral kuni tog‘ chang‘isining gigant slalom bahslarida ishtirok etadi. 22 fevralda esa slalom bo‘yicha musobaqada qatnashadi. Tog‘ chang‘isi bo‘yicha bellashuvlar “Yongpyong Alpine Centre” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:02, 09.02.2018.
O'qildi: 4861 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик