Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Dilshod Hamroyev: «Yulduzlik kasali»… Yo‘q, bu illat bizdan yiroq»

Dilshod Hamroyev: «Yulduzlik kasali»… Yo‘q, bu illat bizdan yiroq»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatidagi zafarli ishtiroki hamon xalqimiz tomonidan keng muhokama qilinyapti, joylarda bayram shukuhi davom etyapti.

Muxlislarimizning shunday katta g‘alabalarni juda-juda sog‘inishgani Osiyo chempionlarini tantanali kutib olish marosimidayoq yaqqol ko‘zga tashlandi.

Yarim tun va havo harorati -10 daraja bo‘lishiga qaramay, Toshkent xalqaro aeroporti har qachongidan-da gavjumlashdi.

Ochig‘i, yaqin orada qachon bunday voqelik kuzatilganini eslay olmadik. Futbolchilar dabdabali kutib olishga har tomonlama haqli edilar. Hukumat darajasida qaratilgan e’tibor esa quvonchli lahzalarning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi.

Eng muhimi, Osiyo chempionati qahramonlari buyog‘iga o‘z ustilarida ishlashdan to‘xtamasinlar. 2011 yili Meksikada o‘tgan jahon chempionati chorak finaliga chiqib, o‘ziga yarasha tarix yaratgan o‘smirlar terma jamoamiz vakillarining keyingi yo‘llari uncha ravon chiqmagani barchamizga ma’lum, albatta.

Olimpiya terma jamoamiz darvozaboni Dilshod Hamroyev bilan suhbat chog‘i ayni mavzuga atroflicha to‘xtaldik.

- Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokimiz xalqimizga bayram kayfiyatini ulashganidan xursandmiz, - deya so‘z boshladi Dilshod. - Darhaqiqat, yurtdoshlarimiz katta g‘alabalarni sog‘inib qolishgan ekan. Albatta, yutuq o‘z-o‘zidan kelgani yo‘q. Buning zamirida kuchli e’tibor, yaratib berilgan sharoitlar turibdi.

Xitoy safari oldidan ham bizga katta dalda berishgan, ortga g‘olib sifatida qaytishimizga ishonishgandi. Avvalo, shu ishonchni oqlaganimizdan xursandmiz. Kutib olish marosimi esa alohida mavzu. Ochig‘i, bunday tantanavorlikni kutmagandik.

Muxlislar sovuqqa qaramay, yarim tunda juda iliq kutib olishdi. Aeroportdan to «O‘zbekiston» mehmonxonasigacha borguncha yo‘l chetidagi olomonni ko‘rib, rosa hayratlandik. Hammasi uchun rahmat.

- Musobaqa shaxsan sizga nima berdi? Ilk o‘yinda Qatar termasiga imkoniyat boy berilgach, guruhdan chiqolmaslik xavotiri yuzaga kelmadimi?

- Yaxshigina tajriba orttirganim aniq. Hayajon sezilgani yo‘q. Aslida qatarliklar bilan bahsda ham mag‘lubiyatga loyiq o‘yin namoyish etmagandik. Shunchaki, omadimiz kelmadi. Lekin raqiblardan ustunligimizni his qilib turdik va «pley-off»ga chiqishimizga shubhalanmadik.

To‘g‘risi, zarracha xavotirga tushmadik. Chunki keyingi 2ta o‘yinda g‘alaba qozonish bilan xatoni to‘g‘rilash mumkin edi. Eng qiyin o‘yin Xitoy termasiga qarshi kechdi. Zero, u har ikki jamoaning turnirdagi keyingi taqdiriga oydinlik kiritardi.

Muhimi, mezbonlar bosimiga dosh berib, minimal ustunlikni saqlab qoldik. Aynan shu g‘alaba ham kuchimizga kuch qo‘shdi.  

- Janubiy Koreya va Yaponiya termalari darvozasiga 4tadan gol urildi. Ochig‘i, bunaqasini hech kim kutmagandi, o‘zinglarchi?

- Har ikki raqibni navbati bilan obdon o‘rgandik. Yaponlar bizga notanish emaslar. Ularni bir oycha oldin Tailandning Buriram shahridagi xalqaro turnir finalida penaltilar seriyasi bo‘yicha mag‘lub etgandik. Ya’ni o‘ziga xos ruhiy ustunlikka ega edik.

Qolaversa, Umid Ahmadjonov qo‘ng‘iroq qilib, Aktobedagi fojeada hayotdan ko‘z yumgan hamyurtlarimiz hurmati va xotirasi uchun ham maydonda ikki hissa kuch sarflashimiz zarurligini uqtirdi. Biz esa aynan shunday qildik va yengil g‘alabalarga erishdik.

- Osiyo chempionatidagi g‘alaba sizlarga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. «Yulduzlik kasali»ga uchrab qolmaysizlarmi? Zero, 2011 yili Meksikada o‘tkazilgan jahon chempionatida qatnashgan futbolchilarimizda shunday holat kuzatilgandi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:24, 10.02.2018.
O'qildi: 3807 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.