Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Marko Roys “Gamburg”ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. 28 yoshli futbolchi jarohati sabab 8 oy maydonda ko‘rinish bermayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Roys Germaniya kubogida “Ayntraxt”ga qarshi o‘yin (2:1) da boldirining orqa qismidan jarohat ortirib olgandi.