Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

G‘oliblik yo‘li

G‘oliblik yo‘li

Baho:
+ | -

Xitoy maydonlarida qahramonlik ko‘rsatgan yoshlar terma jamoasining g‘olibona yurishi 2012 yili boshlangan edi aslida.

O‘shanda 1996-1997 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat termamiz o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finaliga qadar murakkab yo‘lni bosib o‘tgan va yakunda penaltilar seriyasiga ko‘ra, Yaponiya U-16 jamoasini taslim etgandi.

O‘z o‘rnida aytish joiz, 2010 yili qit’a birinchiligi Toshkentda tashkillashtirilgan va vakillarimiz final bahsida KXDR termasiga bas kelolmagandilar - 0:2.

O‘smirlar chempionati-2012

2012 yili U-16 toifasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga Eron mezbonlik qilgandi. Avvalo, forslar yurtida ajoyib futbol ko‘rsatib,  shohsupaga ko‘tarilgan terma jamoamiz tarkibini esga olib o‘tamiz:

Darvozabonlar - Shohrux Eshbo‘tayev, Sarvar Karimov, Abbos O‘lmasbekov

Himoyachilar - Islom Ismoilov, Shohjahon Qilichev, Ibrohim Abdullayev, Akrom Komilov, Doston Hamdamov, Jamshid Boltaboyev, Humoyun A’zamov, Oybek Erkinov

Yarim himoyachilar - Ravshan Xursanov, Izzatilla Abdullayev, Javohir Siddiqov, Alisher Mirzayev, Otabek Shukurov, Adham Ahmadjonov, Ulug‘bek Davlatov, Ilhom Abdug‘aniyev, Islombek Karimov

Hujumchilar - Muhiddin Odilov, Akobir To‘rayev, Shohjahon Abbosov, Temur Fayzullayev

Bosh murabbiy: Dilshod Nuraliyev

O‘sha turnir finalining penaltilar seriyasida zarbani bexato amalga oshirishgan Akrom Komilov va Otabek Shukurov hozirgi yoshlar (olimpiya) terma jamoamizning yetakchilari qatorida turishadi. To‘g‘ri, Otabek Shukurov yaqindagina BAAning «Sharja» klubi bilan shartnoma tuzgani sabab, Osiyo chempionatiga borolmadi.

Zero, u yangi jamoaga imkon qadar tezroq o‘rnashib olishi kerak. Ammo Otabek musobaqa «zayavka»siga kiritilgandi. Demakki, unga ham oltin medal topshiriladi, baribir. Ha, tarkibga qarasak, o‘smirlar o‘rtasida chempionlikka erishgan yigitlarimiz orasida atigi 3 nafari yoshlar miqyosidagi Osiyo birinchiligiga bordi, xolos.

Bunisi endi tabiiy jarayon bo‘lsa kerak. Har holda, 16 va 23 yosh oralig‘idagi vaqtni barqaror tarzda o‘tkazish ancha mushkul. Bu yerda o‘smirlikdan yoshlar darajasiga chiqish faktori bor. Tushunarliki, iqtidor egalaridan davrlar almashuvida nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki ruhiy muvozanatni ham bir maromda ushlash talab etiladi.

Keyingi qadam

Chempion o‘smirlarimiz 2013 yil 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari oralig‘ida BAA maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida maydonga tushishdi.

Panama termasiga qarshi kechgan ilk bahsda bugungi yoshlar jamoasining mustahkam qalqoniga aylanib ulgurgan Rustam Ashurmatov ham gol urgandi.

Eslasangiz, jamoamiz turnirning 1|8 finalida gondurasliklarga alamli tarzda yutqazib qo‘ygan va 24ta ishtirokchi orasida 11-o‘rinni band etgandi.

Fakt o‘rnida. BAAdagi kichik mundialning chorak finalida Braziliya va Meksika terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelgan hamda tomonlar 12 marta (!)dan penalti tepishgandi.

Yana bir JCH

2015 yilning 30 may - 20 iyun kunlari vakillarimiz Yangi Zelandiyada tashkillashtirilgan U-20 belgisi ostidagi jahon chempionatida ishtirok etishdi. Muhimi, yigitlarimiz yakunda kuchli sakkizlikka kirib, ijobiy taassurot qoldirishdi.

Bugunning qahramonlaridan Doston Hamdamov 3ta va Zabihillo O‘rinboyev 2ta gol urishgandi. Aytgancha, Zabihillo 2013 yili xuddi shu yosh toifasida Turkiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida ham qatnashgandi.

Fakt o‘rnida. 2013-2018 yillar oralig‘idagi 4ta qit’a va jahon chempionatida ishtirok etgan jamoamiz tarkiblariga nazar solsak, Akrom Komilov va Doston Hamdamov ularning hammasida bor.

Bo‘lajak qadam

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:34, 11.02.2018.
O'qildi: 3824 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.