Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Har bir ampluaning 10 nafar eng qimmatbaho futbolchisi

Har bir ampluaning 10 nafar eng qimmatbaho futbolchisi

Baho:
+ | -

Transfermarkt.de (Germaniya) sayti ma’lumotlari bo‘yicha tuzilgan tahliliy reytinga qarasak, futbol olamida yarim himoyachilar va hujumchilar narxi ancha baland.

To‘g‘ri, boy klublar oxirgi vaqtlarda himoyachilarga ham binoyidek sarflashyapti, ammo oldingi chiziq vakillari transferi ancha qimmatga tushadi, baribir.

ENG QIMMATBAHO DARVOZABONLAR

Hujumchilar bu darvozabonlarni uncha yoqtirishmaydi. 24 yoshli Serxio Riko «Sevilya» bilan YELda ikki bora zafar quchishga ulgurdi, shuningdek, Ispaniya termasida debyut qildi.

Bo‘yi 194 santimetrga teng kiper «Liverpul» e’tiboriga tushgach, sevilyaliklar o‘rtadagi shartnoma muddatini darhol 2021 yilga qadar uzaytirishdi. Kepa Arisabalaga «Real» bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnoma ostiga imzo chekdi.

Amaldagi chempion «Atletik»ka 20 mln. yevro to‘laydi («Atletik» bilan tuzgan sharnomasida shuncha tovon puli belgilangan edi). Ugo Lyoris 2017 yili Fransiya milliy jamoasi darvozasini eng ko‘p qo‘riqlagan kiperga aylandi (Fabyen Bartezdan o‘zib ketdi).

Darvoqe, «Tottenxem» faxriysi 2012 yili «Lion» safida Fransiya kubogi va superkubogini yutgandi. Manuel Noyer o‘tgan yilning sentyabrida mashg‘ulot jarayonida chap oyog‘idan jarohatlangandi.

Shunga qaramay, reytingga tushgan yoshi eng katta kiper Rossiya mundialida ishtirok etishiga shubhalanmayapti. Ederson Morayes sentyabr oyida ko‘ngilsiz holatni boshdan kechirdi. «Manchester Siti» - «Liverpul» o‘yinida mehmonlar hujumchisi Sadio Mane golkiperning yuziga tepib yubordi.

Natijada uni 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilishdi, Ederson esa keyingi turdayoq safga qaytdi, garchi yorilgan boshini 8 chok tikkan bo‘lsalarda. Mark-Andre ter Shtegen CHL-2017|2018 guruh bosqichida omadli «seyv»lar bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi - 92,86 foiz holatda xavfni bartaraf edi.

Nemis kiperi Ispaniya chempionatida ham qoyilmaqom daraja o‘ynamoqda. Ha, mavsum arafasida daniyalik me’mor qiz - Daniela Yele bilan nikohdan o‘tgan ter Shtegen hayotidagi katta o‘zgarishdan o‘zgacha ilhom olmoqda, shekilli.

18 yoshli Janluiji Donnarumma «Milan» fanatlari nafratiga uchradi, ammo bunda uning agenti hissasi ko‘proq bo‘lsa kerak. David de Xea dekabr oyida «Arsenal»ga qarshi kechgan o‘yinda 14 marta «seyv» ko‘rsatib, ijtimoiy tarmoqlarni «portlatib» yubordi. Tibo Kurtua esa «Chelsi»da bosh rollardan birini bajarmoqda.

«Atletiko»da uning o‘rnini egallagan Yan Oblakning bahosi qisqa vaqt ichida 7 milliondan 50 «limon»ga oshdi. Zero, u dastlabki 113ta o‘yindan 60tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

T|r.    Darvozabon                            Yoshi    Klubi                          Mamlakati      Transfer narxi

1.        Yan Oblak                                 25       «Atletiko»                Sloveniya          50 mln. yevro

           Tibo Kurtua                             25       «Chelsi»                      Belgiya             50 mln. yevro

           David de Xea                           27       «MYU»                         Ispaniya            50 mln. yevro

4.        Janluiji Donnarumma            18       «Milan»                     Italiya              40 mln. yevro

           Mark-Andre ter Shtegen           25       «Barselona»               Germaniya          40 mln. yevro

           Ederson Morayes                       24       «Manchester Siti»    Braziliya          35 mln. yevro

           Manuel Noyer                        31       «Bavariya»                  Germaniya          35 mln. yevro

8.        Ugo Lyoris                               31       «Tottenxem»               Fransiya           25 mln. yevro

9.        Kepa Arisabalaga                    23       «Atletik»                  Ispaniya            20 mln. yevro

           Serxio Riko          24            «Sevilya»             Ispaniya 20 mln. yevro

ENG QIMMATBAHO HIMOYACHILAR

Hujumchilarning bu yigitlarni ham uncha xushlamasliklari aniq. Axir gol urishlariga ko‘pincha aynan shular to‘sqinlik qilishadi. Serxi Roberto mavsum-2016|2017 yakuniga ko‘ra, kataloniyalik eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi.

U maxsus so‘rovda hattoki, Jerar Pikeni ortda qoldirdi. «Napoli» Italiyada «Yuventus»ning «gegemon»ligidan zerikdi va joriy mavsum bunga chek qo‘ymoqchi. Neapolliklar orqa chiziqda ayniqsa, Kalidu Kulibaliga katta ishonch bilan qarashmoqda. Ammo senegallik markaziy himoya allaqachon «Barselona» va «Chelsi»dek grandlarning e’tibor markaziga tushgan.

Qolaversa, La Gazzetta dello Sportning ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» Kulibali uchun 65 mln. yevro taklif etishga ham ulgurgan. Kayl Uolker - bu ro‘yxatdagi eng tajribali himoyachi. «Tottenxem» libosida 229 marta maydonga tushgan futbolchi yozda «Manchester Siti» bilan birdaniga 5 yillik shartnoma tuzdi va 2-raqamni oldi.

«Shaharliklar»ning bu transfer yo‘lida naq 51 mln. yevro sarflashganini ham aytish joiz. Samuel Yumtiti jarohat tufayli ancha vaqt o‘ynamagan bo‘lsada, L~Equipe nashri talqinidagi jahonning ramziy terma jamoasidan joy oldi. Angliya klublari himoyachi uchun 56,3 mln. yevro (shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli miqdori) to‘lashga tayyor, lekin kataloniyaliklar uni osongina qo‘yib yubormaydilar, albatta.

Benjamin Mendi avvalgi mavsum «Monako»ning Fransiya chempionatida zafar quchishiga katta hissa qo‘shdi va o‘tgan yoz APLga yo‘l oldi - «Siti»ga. Qimmatbaho himoyachilar orasida eng yoshi - Joshua Kimmix nafaqat «Bavariya» klubi, balki Germaniya milliy jamoasida ham fantastik darajada yaxshi o‘ynamoqda.

Deylik, u JCH-2018 saralashi doirasidagi 10ta o‘yinda ham to‘liq vaqt to‘p surib, 9ta golga assistentlik qildi. Rafael Varan   «Real»da turli davrlarni boshdan o‘tkazmoqda: gohida butun «Santyago Bernabeu»ni hayratga soladi, ba’zan esa tarkibdan ham joy olmaydi. Jon Stouns - «Manchester Siti»ning elit ro‘yxatdagi 3-himoyachisi!

Balki «shaharliklar»ning dadil odimlayotganlari sababi ham shudir. «Real» Dani Karvaxalni tarbiyalab, «Bayer»ga yubordi, keyin 6,5 mln. yevro to‘lagancha Madridga qaytardi. Chunonchi, u Germaniyada 2013 yili eng yaxshi himoyachi maqomini oldi. Karvaxal faqat maydon emas, uning chetida ham juda «o‘tkir».

Misol uchun, «Vilyarreal»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng shunday dedi: «Futbolchilar Zidan uchun o‘lishga ham tayyorlar. «Bunga ishonmaydiganlar Real»dan daf bo‘lishsin».

«Liverpul» Virjil van Deyk transferiga 85 mln. yevro to‘lab, uni eng qimmatbaho himoyachiga aylantirdi. Gollandiyalik novcha yigit esa bunga javoban debyut o‘yini (Angliya kubogida «Everton»ga qarshi)dayoq gol urib, «qizillar»ga g‘alaba keltirdi.

T|r.    Himoyachi                                 Yoshi    Klubi                          Mamlakati      Transfer narxi

1.        Virjil van Deyk                   26       «Liverpul»              Gollandiya        50 mln. yevro

2.        Daniel Karvaxal                  26       «Real»                        Ispaniya            45 mln. yevro

3.        Jon Stouns                             23       «Manchester Siti»    Angliya               40 mln. yevro

           Rafael Varan                        24       «Real»                        Fransiya           40 mln. yevro

           Joshua Kimmix                        22       «Bavariya»                  Germaniya          40 mln. yevro

           Benjamin Mendi                     23       «Manchester Siti»    Fransiya           40 mln. yevro

           Samuel Yumtiti                      24       «Barselona»               Fransiya           40 mln. yevro

           Kayl Uolker                            27       «Manchester Siti»    Angliya               40 mln. yevro

           Kalidu Kulibali                     26       «Napoli»                   Senegal             40 mln. yevro

           Serxi Roberto                         25       «Barselona»          Ispaniya 40 mln. yevro

ENG QIMMATBAHO YARIM HIMOYACHILAR

Hujumchilar bu futbolchilarni juda qadrlashadi, axir ularni asosan aynan shu yigitlar zarba yo‘liga olib chiqishadi. Daniyalik Kristian Eriksen o‘z mamlakatida ketma-ket 3-marta yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

U shuningdek, yaqinda APLda 37-golini urib, bu borada vatandoshi, «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Niklas Bendtnerdan o‘zib ketdi. «Atletiko»ning markaziy hududida top-yulduzlar yo‘q, ammo Koke va Saul jonkuyarlikda hech kimdan qolishmaydi.

Aytgancha, ulardan ikkinchisi 16 yoshida «Fulxem» safiga qo‘shilishi mumkin edi. Futbolchi ayni payt taqdiridan xursand, ya’ni Angliyaga yo‘l olmaganidan. Iskoning «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan va unda katta miqdorda tovon puli belgilangan - 700 mln. yevro.

Muhimi, ispan yarim himoyachisi Madridda xuddi yangi mahbubasi - aktrisa Sara Salamo kabi baxtli. Toni Kroos klubdoshi Krishtianu Ronaldu bilan birga Klublar o‘rtasidagi JCHda g‘olib chiqish bo‘yicha rekordchi sanaladi. Germaniyalik futbolchi bu turnirda 4 marta shohsupaga ko‘tarilgan.

Darvoqe, uning aytishicha, «Re-al» joriy mavsum endi La-liga yakuni bo‘yicha CHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish haqida o‘ylashi lozim ekan. Serxio Buskets  yaqinda Ispaniya terma jamoasida yubiley - 100-o‘yinini o‘tkazdi. To‘g‘ri, ayrimlar uni uncha yoqtirishmaydi, ayniqsa, «Barselona»ning ashaddiy raqiblari fanatlari - bunga futbolchining simulyasiyaga moyilligi sababdir.

Ro‘yxatdagi eng yosh xavbek - Dele Allining futboldagi asosiy yutuqlari oldinda bo‘lsa kerak. Har holda, «Tottenxem» yarim himoyachisi eng sara klublar e’tiborida turibdi va 80 millionga teng narx uning uchun chegara emas.

Ehtimol, Koutinyo haqida o‘qiyverish hammaning joniga tekkandir, ammo qimmatbaholar reytingi yana gapirishni taqozo etadi. Mana, braziliyalik yulduz «Barselona»da debyut qildi, transfer bahosining qanchalik oshishi esa kataloniyaliklar safidagi o‘yinlari sifatiga bog‘liq, albatta. Pol Pogba faqat soch turmagi bilangina ajralib turmaydi. Ehtimol, u «MYU»da «Yuventus»dagi kabi shiddatli parvozni qayd etmayotgandir, lekin shu holatida ham chakki emas. Kevin de Bryuyne zargarona to‘p uzatishlari bilan Andrea Pirlo va Uesli Sneyderni eslatmoqda.

Belgiyalik futbolchi barchasini qoyilmaqom darajada uddalamoqda - hujum harakatlariga qaratilgan birinchi uzatmani ham, oxirgisini ham. Yil davomida uning transfer narxiga 50 mln. yevro qo‘shilganini alohida aytish joiz.

T|r.    Yarim himoyachi                      Yoshi    Klubi                          Mamlakati      Transfer narxi

1.        Kevin de Bryuyne                  26       «Manchester Siti»    Belgiya             110 mln. yevro

2.        Pol Pogba                              24       «MYU»                         Fransiya           90 mln. yevro

           Filippe Koutinyo                25       «Barselona»               Braziliya          90 mln. yevro

4.        Dele Alli                              21       «Tottenxem»               Angliya               80 mln. yevro

           Serxio Buskets                       29       «Barselona»               Ispaniya            80 mln. yevro

           Toni Kroos                             28       «Real»                        Germaniya          80 mln. yevro

7.        Isko                                        25       «Real»                        Ispaniya            75 mln. yevro

8.        Saul                                       23       «Atletiko»                Ispaniya            70 mln. yevro

           Koke                                        26       «Atletiko»                Ispaniya            70 mln. yevro

                Kristian Eriksen               25            «Tottenxem»          Daniya     70 mln. yevro

ENG QIMMATBAHO HUJUMCHILAR

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:31, 13.02.2018.
O'qildi: 9336 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.