Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Pochettino: «Dibala – «Yuventus»dagi Messi»

Pochettino: «Dibala – «Yuventus»dagi Messi»

Baho:
+ | -

“Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Yuventus”ga qarshi o‘yin oldidan fikr va mulohazalarini aytib o‘tdi.

“Dibala – ajoyib futbolchi, u siz “Yuve” albatta, biroz kuchsizlanib qoladiyu Messi, Krishtianu yoki Neymar kabi Dibala ham jamoasida asosiy vazifani bajarishi hech kimga sir emas.

Albatta, “Yuventus”da uning o‘rnini to‘ldiruvchi futbolchilar bor, masalan  Bernardeski ham Dibala kabi ajoyib futbolchi.

Raqibni hurmat qilgan holda, bugungi o‘yinda juda ham ehtiyot bo‘lib o‘ynash kerak. Biz keyingi bosqichga chiqish istagi yuqori ekanligi va chiroyli futbol tarafdori ekanligimizni ko‘rsatishga majburmiz. Barchasini amalga oshirish esa qiyin kechishi tabiiy holat.

Kurashish darkor va uslubimizga sodiq qolishga yana bir marta majburmiz. Biz so‘nggi vaqtlarda fantastik o‘yinlarda ijobiy natijalarga erishdik, albatta, ushbu natijani “Yuventus” darajasidagi jamoaga qarshi ham ko‘rsata olamiz”, - dedi Pochettino.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 23:24, 13.02.2018.
O'qildi: 2058 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик