“Tottenxem” a’zosi Kristian Erikson “Yuventus”ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:2) Maurisio Pochettinoni maqtadi.
“Biz har yili yanada kuchli bo‘lishga intilamiz. Besh yil ichida mana shu darajaga yetib keldik. Vaholanki, besh yil oldin “Yuventus”ga 0:6 hisobida yutqazgandik. Bugun esa tengma-teng kurashyapmiz. Bunda esa, avvalo, Pochettinoning hissasi katta”, dedi Erikson.