Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekistonning futboldagi yutuqlari FIFA e’tirofida

O‘zbekistonning futboldagi yutuqlari FIFA e’tirofida

Baho:
+ | -

FIFAning rasmiy sayti www.fifa.com O‘zbekistonning futbolda erishayotgan yutuqlari borasida “O‘zbekiston Osiyo futbolining “uyqu”dagi giganti” nomli katta material e’lon qildi.

Maqolada O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining U-23 Osiyo chempionatida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari alohida ta’kidlab o‘tilgan.

“Oq bo‘rilar” hamisha Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelishgan.  O‘zbekiston U-23 terma jamoacining qit’a chempionatidagi g‘alabasi kelajakka umid beradi. Bosh murabbiyi Ravshan Haydarov jamoasi namoyish etgan o‘yin uslubi va qo‘lga kiritgan natijalari butun Osiyoni lol qoldirdi.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Odilbek Hamrobekov boshchiligidagi futbolchilar Yaponiya, Janubiy Koreya kabi kuchli terma jamoalar darvozasiga 4ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Endilikda bu futbolchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosini tashkil etishi kutilmoqda.

Xalqaro maydonda ham o‘zbek futboliga nisbatan hurmat oshmoqda. Buni O‘zbekiston MTJ Senegal, Marokash, Eron milliy terma jamoalari kabi JCH-2018 ishtirokchilari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishganidan ham bilsa bo‘ladi.

O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari o‘z vaqtida BAA, Meksika, Turkiya, Yangi Zelandiya mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatlarida ishtirok etgan.

Endilikda O‘zbekistonning asosiy maqsadi milliy terma jamoaning Qatar-2022da bo‘ladigan mundialda ishtirok etishi hisoblanadi.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionligiga erishgan bosh murabbiy Ravshan Haydarov Xitoydagi g‘alaba o‘zbek futbolida muvaffaqiyatlarning boshlanishi ekanini aytib o‘tdi:

“Biz tarix yaratdik. Xitoydagi Osiyo chempionatidagi g‘alaba o‘zbek futboli tarixidagi eng yorqin g‘alabalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu g‘alabada hammaning hissasi bor. Mening fikrimcha, Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyat kelgusi yutuqlar uchun poydevor vazifasini bajarib beradi. Xitoyda Chempionlikka erishgan bu terma jamoa O‘zbekistonning kelajagidir”, - deydi Ravshan Haydarov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:29, 15.02.2018.
O'qildi: 4830 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.