Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

FIFA va OFK mutaxasisslari yurtimizga tashrif buyuradi

FIFA va OFK mutaxasisslari yurtimizga tashrif buyuradi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, futbolni rivojlantirish va ommaviyligini oshirish borasida xorijlik mutaxassislarning tajribasidan unumli foydalanish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA hamda OFK prezidentlari bilan uchrashuv chog‘ida malakali mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish va ularning maslahatlari asosida ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishgandi.

Ana shu kelishuvga asosan FIFA hamda OFK mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurishadi. Dastlab, 22 fevral kuni FIFAning Mintaqaviy futbolni rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibbaniy Toshkentga keladi. U FIFAning FORWARD loyihasi bo‘yicha O‘FA xodimlari bilan ish olib boradi. Shuningdek, Essam Al-Suhibbaniy O‘FAning moliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashadi.

Bajarilgan ishlarni tahlil qilib, yangi loyihalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beradi, Texnik bo‘limning muammolari, ularning yechimlari haqida fikr almashadi.

Bundan tashqari, shu yilning 2 mart kuni OFKning Futbol maydonlari qurilishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxasisi Pun Youk Yeng yurtimizga keladi. U OFK tomonidan ajratilgan mablag‘ asosida “Chig‘atoy” sport bazasida quriladigan sun’iy qoplamali stadionning qurilish ishlari bilan tanishadi. Qurilish ishlari bo‘yicha o‘zining amaliy maslahalarini berib o‘tadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:38, 15.02.2018.
O'qildi: 2901 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.