Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ayollar futzali: “Lokomotiv” uchinchi o‘ringa asosiy da’vogar

Ayollar futzali: “Lokomotiv” uchinchi o‘ringa asosiy da’vogar

Baho:
+ | -

Poytaxtning “Yoshlik” sport majmuasida ayollar futzali bo‘yicha mamlakat chempionati davom etayotganligi haqida ma’lumot berganmiz. Bugun chempionat birinchi davrasining ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Kechagi bahslarda raqiblarini yirik hisoblarda mag‘lub etgan “Sevinch” va “Metallurg” jamoasi har doimgidek bu yilgi chempionatda ham bosh sovringa asosiy da’vogar ekanliklarini isbotlashgandi. “Lokomotiv”ning birinchi turda dam olganidan kelib chiqib, uchinchi o‘ringa da’vogarlik qiladigan jamoa nomini bashorat qilish qiyin edi.

Bugun “Lokomotiv” “Metallurg” bilan kuch sinashdi. Bekobodliklar harchand urinishmasin, birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasigacha raqib darvozasini ishg‘ol qila olishmadi. “Temiryo‘lchilar” garchi raqibalariga nisbatan texnik va taktik jihatdan farq qilsalarda, g‘alabaga bo‘lgan shijoati tufayli chiroyli o‘yin namoyish etishdi. Yakunda baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi – “Metallurg” g‘alaba qozondi. “Lokomotiv” qizlari bu o‘yinlari bilan bronza medalga da’vogarlik qilishlari mumkinligini isbotlashgandek bo‘lishdi.

Ikkinchi o‘yinda “Sevinch” AGMK jamoasini ayab o‘tirmadi. Olmaliqliklar yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan u qadar fojea yasashmayapti, sababi ularning maqsadlari bugun shakllanish, ertaga esa munosib raqobatlashish.   

16 fevral

“Lokomotiv” – “Metallurg” – 1:6

AGMK – “Sevinch” – 1:22

“Paxtakor” jamoasi dam oldi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:46, 16.02.2018.
O'qildi: 2168 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.