Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Zidan: «Irodali jamoa ekanimizni yana bir marta namoyish qildik»

Zidan: «Irodali jamoa ekanimizni yana bir marta namoyish qildik»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan «Betis»ga qarshi o‘yin (5:3) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«G‘alaba qozonganimizdan juda ham xursandman. Raqibimiz kuchli jamoa edi va bu yerda o‘ynash og‘ir. O‘yinni juda yaxshi boshladik, lekin keyin o‘z o‘yinimizni yo‘qotdik. Bunday paytda o‘zimizni yaxshi his qilmaymiz.

Ikkinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik, ko‘p hujum qildik. Futbolchilarimizning mahorati har qanday raqibga muammo yaratadi. Ikkinchi bo‘lim qiziqarli kechdi. Asensio va Vaskesning o‘yiniga munosib baho berish kerak.

Irodali g‘alaba shuni anglatadiki, bizda xarakter bor va o‘yinni o‘zgartira olish qobiliyatiga egamiz. Barchasini birgalikda qilsak, natija bo‘ladi, raqibga qiyin bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limda shunday bo‘ldi. Endi chorshanba kuni bo‘ladigan navbatdagi o‘yin («Leganes» bilan) oldidan biroz dam olamiz. Keyin harakatlanishda davom etamiz.

Bugungi o‘yin dahshatli bo‘ldi, hisobda quvlashmachoq o‘ynadik. Bu esa menga yoqdi. Biz haqiqatan ham o‘ynadik. «Betis» ajoyib futbol namoyish qildi, so‘nggi yarim soatda ustunlikka erishdi. Hakamning final hushtagi yangraganidan keyin o‘yindan qoniqish hosil qildim.

Vaskes va Asensio o‘ynagan paytda, ular ko‘proq qora ishlarni bajarishadi. Ular buni juda yaxshi eplashyapti. Raqib bizga muammo yaratishi mumkinligini ular yaxshi bilishadi. Ular bugun juda muhim ishni amalga oshirishdi», – dedi Zidan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:22, 19.02.2018.
O'qildi: 4974 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик