"Barselona" yarimhimoyachisi Ivan Rakitich sardor Andres Inyestaning jamoadagi rolini yuqori baholadi.
"Inyestaning "Barselona"dan ketishi meni qo‘rquvga soladi, buni xohlamayman. Biz Andres bilan maydonda ham, uning tashqarisida ham birga kun ko‘ryapmiz. Inyesta - men uchun juda muhim inson va yaxshi do‘st. Xudodan uning "Barselona"da yana uzoq yillar to‘p surishini tilayman.
Hozir uning futboldan zavq olayotganini ko‘rib turibman. U qalbiga quloq solib qaror chiqaradi, men esa bu qarorning qandayligidan qat’iy nazar buni qo‘llab-quvvatlayman", - deydi Rakitich.