“Sevilya” himoyachisi Kleman Langle “Manchester Yunayted”ga qarshi YECHL 1/8 finali o‘yini oldidan fikr bildirdi.
“Biz “Manchester Yunayted”dan qo‘rqmaymiz. To‘g‘ri, raqib bizdan kuchliroq, ammo bizning ham ustun tomonlarimiz bor, bu — muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi. O‘ylashimcha, yuqori darajada o‘yin namoyish etib, gol ursak va keyin raqibni munosib qarshi olsak, marra bizniki”, dedi Langle.