Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

Suvda cho‘kmas, o‘tda yonmas «Sampdoriya»

Suvda cho‘kmas, o‘tda yonmas «Sampdoriya»

Baho:
+ | -

Bu jamoa butun bir bo‘lim davomida «Stadio Olimpiko»da hukmronlik qildi, mezbonlar darvozasi tomon 13 marta zarba berdi, 10 marta burchak zarbalarini amalga oshirdi.

Bularning barchasi dastlabki 45 daqiqa ichida yuz berdi. Vaholanki, raqib anoyilardan emasdi. Boz ustiga, u ham to‘liq tarkib bilan to‘p surayotgandi.

Ha, «Roma»dek nomdor jamoani faqat himoya bilan ovora bo‘lishga «Yuventus» yoki «Napoli» majbur etishi mumkin.  To‘g‘ri, tanaffus paytida murabbiydan yetarli tanbeh olgan «bo‘rilar» ikkinchi bo‘limda tom ma’noda «och bo‘rilar»dek oldinga tashlanishdi.

Biroq qahramonimiz posboni Viviano jasorat ko‘rsatib, o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minladi. Uning jamoadoshlari esa oldingi chiziqda kerakli ishlarni amalga oshirishdi – Murruning uzatmasi, Sapataning aniq zarbasi va tablodagi 0:1 hisobi.

Xullas, jamoaning safardagi zafari ko‘pchilik tomonidani sensasiya sifatida e’tirof etildi. Balki shundaydir, lekin xalq orasida yuradigan «Qozonda bo‘lsa cho‘michga chiqadi», degan hikmat bu fikrni rad etadi.

«Blucherkyan», ya’ni «moviy hoshiyalar» - Italiya klublari orasida ranga oid taxalluslarning eng jarangdori. Ana shu nom ostida faoliyat yuritayotgan «Sampdoriya» 1947 yil Genuyaning ikki klubi «Sampyerdareneze» hamda «Andrea Doriya»ning birlashuvidan dunyoga kelgan.

Libosidagi rang-baranglik (qizil, qora va oq, asosiy rang moviy) ana shundan. Qisqasi, «Samp» va «Doriya». 90-yillarda jamoa Skudetto va KEKni qo‘lga kiritib, dovrug‘ taratgan, YECHKda finaligacha yetib borgan. Keyinchalik jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Ikki marta «V» seriyaga tushib ketdi.

Yevrokubok musobaqalarida ham muxlisu murabbiylar ishonchini oqlay olmadi. Biroq hozir yana o‘zining yorqin o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda.

O‘tgan davr ichida «Sampdoriya» o‘z yo‘lini topib oldi: moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligidan kelib chiqqan holda, iqtidorli futbolchilar kashf etib, pullash orqali o‘zini ta’minlamoqda. Reja bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. So‘nggi mavsumda 3 nafar yetakchi o‘yinchilar - Patrik Shik, Luis Muriel va Milan Shkrinyar jamoani tark etishdi.

Yo‘qotishlar o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy edi, biroq jamoa avvalgidan ko‘ra ishonchliroq, yorqinroq o‘yin namoyish etmoda. «Milan» 2:0 hisobida mahv etildi, yirik hisobda imkoniyatni boy berayotgan «Yuventus» so‘nggi daqiqalarda 2ta gol urgan bo‘lsada, mag‘lubiyatdan qutula olmadi - 3:2.

To‘g‘ri, kutilmagan omadsizliklar («Benevento», «Udineze»dan qabul qilingan mag‘lubiyatlar) ham yo‘q emas. «Sampa» 6-o‘rindan pastga tushgani yo‘q. Muhimi, mana shu barqarorlikka qaramay, jamoa doimo tomoshabop o‘yin ko‘rsatmoqda.

Biz kabi xolis muxlislar «Atalanta»ni qanchalik yoqtirsak, «Sampdoriya»ga bo‘lgan hurmatimiz undan kam emas. Keling, endi genuyaliklar tarkibidagi asosiy ijrochilar bilan tanishaylik.

Emiliano Viviano. Bu darvozabon «Roma»ga qarshi bahsda penaltini bartaraf etdi, ikkinchi bo‘limdan bir nechta «seyv»lar namoyish etdi. Bir marta kuchli zarba bilan yo‘llangan to‘pni yuzi bilan qaytardi.

Tashqi ko‘rinishi ham xotiraga oson joylashadi: mo‘ylov, bakenbard, baland bo‘y (195 sm.), yuksak reaksiya. Afsuski, unchalik barqarorlik yetishmaydi, oyoqlari bilan ishonchli o‘ynolmaydi. Oddiy vaziyatlarda raqibga to‘pni sov­g‘a qilishi hech gap emas.

Shu bois, u «Inter»da ham, «Arsenal»da ham hatto bolalikdagi orzusi - «Fiorentina»da ham yolchitib to‘p surolmadi. Nihoyat, «Sampdoriya»dan qo‘nim topdi. O‘z taqdiridan xafa emas - jamoasi - «fialkalar»dan ancha yuqorida.

Janmarko Ferrari. «A» seriyada shiddatli rivojlanishni qayd etayotgan futbolchilardan biri. Yoshi 25da bo‘lsada, «A» seriyaga o‘tgan mavsum qo‘shildi. Himoyachini jamoa Shkrniyar o‘rnini to‘ldirish maqsadida «Sassuolo»dan ijaraga olgandi.

Janmarko jismonan baquvvat, bosh bilan ishonchli o‘ynaydi. Qizig‘i, Parmada tug‘ilib, ulg‘aygan futbolchi o‘z shahrida ish topolmadi. Endi yevrokuboklarda debyutini nishonlashga yaqin turibdi. «Parma» esa elitaga qaytish uchun kurash bilan ovora.

Lukas Torreyra. «Sampdoriya»ning navbatdagi qimmat javohirlaridan biri. 21 yoshga to‘lmagan bo‘lsada, yetakchilar qatoridan o‘rin ola bildi. Ixcham jussali chaqqon yarim himoyachi aniq uzatma va kuchli zarba sohibi.

«Torino»ga qarshi bahsda aynan u jamoani oldinga olib chiqdi. Mundialga hozirlik ko‘rayotgan Urugvay terma jamoasi Lukasning aqlli o‘yinini e’tibordan chetda qoldirmasa kerak. Uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan top-klub esa hech bo‘lmaganda 25 mln. yevrodan voz kechishi talab etiladi.

Gaston Rimires. DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:52, 21.02.2018.
O'qildi: 2290 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.