Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Metallurg”da nima gaplar?

“Metallurg”da nima gaplar?

Baho:
+ | -

Yangi mavsum – Superliga bahslari boshlanishiga bir haftadan salgina zyoiroq vaqt qolayotganda Bekobodning “Metallurg” jamoasi birinchilardan bo‘lib PFL “buyurtma”dan o‘tdi. 2018 yilgi mamlakat chempionatida bekobodliklar safini jami 43 nafar futbolchi himoya etishi rasmiylashdi.

Albatta, “zayavka”dan o‘tgan futbolchilarning barchasi hali uzil-kesil chempionatda qatnashishga tayyor degani emas. Hujjatlarni rasmiylashtirishda ba’zi juz’iy kamchiliklar mavjud. Jumladan, ayrim futbolchilarga sobiq jamoalaridan “otkrepleniya” kerak, ya’ni bu futbolchining “Metallurg”da to‘p surishiga qarshiligimiz yo‘q degan, qaysidir futbolchining tibbiy ko‘riknomasida yetishmovchiliklari bor. yana kimlardir o‘tgan mavsumdagi jarohati bois yangi mavsumga to‘liq tayyor emas. Qolaversa, O‘FA test natijalari bo‘yicha xulosalarini ham hali taqdim etmadi. Shu ma’noda mavsumga jamoa yuz foiz tayyor deyish fikridan yiroqmiz.

Biroq, hozirdan shu narsani muxlislarimizga aniq yetkazmoqchimizki, jamoa tarkibi sakson-sakson besh foizga yangilandi. Taniqli futbolchilardan Javohir Sohibov, Zabixillo O‘rinboyev, Sherzod Fayziyev, Abbos Otaxonov, Saidjamol Davlatjonov, Shahzod Shaymanov, Pavel Smolyachenko singari o‘nlab yangi nomlarni “Metallurg” safida ko‘rasiz. Tez orada O‘FF texnik boshqarmasi xulosalaridan so‘ng biz yakuniy tarkibni e’tiboringizga havola etamiz.

Mavsum tadorigi esa Qibray o‘quv-mashg‘ulot maskanida davom etmoqda. Mashg‘ulotlar bilan bir qatorda o‘rtoqlik o‘yinlariga ham katta e’tibor qaratilyapti. Jamoamiz oxirgi nazorat uchrashuvlarini “Qizilqum” (2:2), “Neftchi” (0:1) va “So‘g‘diyona” (1:1) klublari bilan o‘tkazishdi. Bu haftada esa “Lokomotiv” BFK, “Mash’al” jamoalari bilan ko‘rik o‘yinlari turibdi.

Chempionatni esa “Metallurg” 2 mart sanasida o‘z maydonida “Navbahor” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 12:03, 21.02.2018.
O'qildi: 2250 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик