Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Pxyonchxan-2018. Komil To‘xtayev Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi

Pxyonchxan-2018. Komil To‘xtayev Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi

Baho:
+ | -

Bugun Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Komil To‘xtayev uchun musobaqa yakunlandi.

Hamyurtimiz bugun slalom bahslarida startga chiqdi. Afsuski, hamyurtimiz ilk oraliqdayoq xatoga yo‘l qo‘yganligi sababli diskvalifikasiya qilindi va marraga yetib bora olmadi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, slalom bahslarida 108 nafar sportchi startga chiqqan bo‘lsa, ularning 52 nafari marraga yetib bora oldi. 56 nafar sportchi esa musobaqadagi ishtirokini birinchi chiqishdayoq yakunlashga majbur bo‘ldi.

Birozdan so‘ng slalom bahslarida ikkinchi chiqish bo‘lib o‘tadi. Aynan ushbu bahslardan so‘ng sovrinli o‘rinlar sohibi aniqlanadi. Birinchi chiqishda diskvalifikasiya qilingan sportchilar uchun esa Olimpiya o‘yinlari yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Komil gigant slalom bahslarida ishtirok etgan va umumiy hisobda 2:35.99 natija ko‘rsatib, 110 nafar sportchi ichida 52-o‘rinni egallagandi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:33, 22.02.2018.
O'qildi: 2107 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик