“Deportivo” klubi ganalik 33 yoshli futbolchi Salli Muntari bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Muntari yangi jamoasi safida mavsum yakuniga qadar faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Muntari avvalroq, “Inter” “Udineze”, “Portsmut”, “Sanderlend”, “Milan” jamoalarida o‘ynagan bo‘lib, futbolchi Ispaniyaga “Peskara”dan erkin agent maqomida ko‘chib o‘tdi.