“Inter” hujumchisi Mauro Ikardi A seriya 26-turi doirasida “Benevento”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmasligi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikardi jarohatidan to‘la forig‘ bo‘lmagan. U kengaytirilgan tarkibga kiritilishi mumkin, ammo asosiy tarkibda maydonga tushmasligi aniq.
Ma’lumot uchun, Ikardi yanvar oyida jarohat olgandi va “Inter” uchun omadsiz yakunlangan muhim o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.